“Angren” MIZ xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatining asosiy yo’nalishi
Raimjonova M.A. Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish:nazariy asoslari, hozirgi holati va
istiqbollari. T.: Extremum-press, 2013.115-b.
57
erkin iqtisodiy zonaga kiruvchi mintaqaning ishlab chiqarish va resurs
salohiyatidan samarali foydalangan holda jahon bozorlarida raqobatbardosh yuqori
qo’shilgan qiymatga ega keng ko’lamli yuqori texnologik mahsulot ishlab
chiqarish sifatida belgilab qo’yilgan.
“Angren” MIZ hududida minreal xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash
bo’yicha korxonalarni rivojlantirish, mahalliy xom ashyo bazasida yuqori
texnologik mahsulot va yaqin kooperatsiya aloqalari o’rnatish asosida materiallar
ishlab chiqarish hamda zona korxonalari o’rtasida va umuman respublika bo’yicha
sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
“Angren” MIZni tashkil etish kontseptsiyasidan va tanlangan mezonlardan
kelib chiqqan holda maxsus zona hududida quyidagi tarmoqlar va yo’nalishlardagi
korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda: elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo va neft-
kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur
qayta ishlash, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, konchilik sanoati va
boshqalar. O’tgan qisqa davrda zonada Janubiy Koreya, Singapur, Avstriya,
Buyuk Britaniya, Bolgariya kabi davlatlarning etakchi firma va kompaniyalari
bilan hamkorlikda turli o’lchamdagi mis quvurlar, texnik kremniy, tejamkor
lampalar, ko’mir briketlari va zamonaviy qurilish-pardozlash materiallari,
shuningdek, shakar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar faoliyat
boshladi. Qiymati 166,4 million AQSh dollarilik 9 ta loyihaning ro’yobi tufayli bu
yerda 1150 dan ortiq ish o’rinlari yuzaga keldi. Mazkur korxonalar tomonidan
o’tgan yili 200,4 milliard so’mlik iste’mol tovarlari tayyorlanib, ichki hamda tashqi
bozorda sotildi. “Angren” MIZda 2013-2015 yillarda umumiy qiymati 163,04
million AQSh dollari bo’lgan 8 ta loyiha amalga oshirildi
51
.
Ayni shu yo’nalishda to’plangan tajribani hisobga olib, o’tgan yilning mart
oyida Jizzax viloyatida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilib, Sirdaryo
viloyatida bu zonaning filiali faoliyat ko’rsatmoqda. Bugungi kunda “Jizzax” erkin
iqtisodiy zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommuni-
katsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo’yicha faol ishlar olib borilmoqda.
51
www.sizangren.uz. sayti ma’lumotlari.
58
“Jizzax” MIZ hududida moddiy-xomashyo resurslarini qayta ishlash, zona
korxonalari o’rtasida kooperatsiya aloqalarini o’rnatish va respublika miqyosida
sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va mahalliy xomashyo va materiallar
negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barcha
imkoniyatlar yaratilgan. “Jizzax” MIZni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
asosida quyidagi tarmoq korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda: elektronika;
mashinasozlik; qurilish materiallari; kimyo sanoati; engil sanoat; oziq-ovqat
sanoati; farmasevtika, tibbiyot va kosmetika mahsulotlari; teri va terini qayta
ishlash va boshqa yo’nalishlar. So’nggi yillarda mazkur zona hududida Xitoy
kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil telefon ishlab chiqarish,
shuningdek, chorva mahsulotlarini qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo’yicha
umumiy qiymati qariyb 6 million dollar bo’lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga
oshirildi. Bugungi kunda “Jizzax” MIZ hududida 30,9 mln. dollarlik 8 ta loyiha
amalga oshirilgan
52
.
Do'stlaringiz bilan baham: