Asbob-uskunalarni joylashtirish Asbob-uskunalar quyidagi talablarga javob beradigan qilib joylashtirilishi
lozim:
-birlamchi xom ashyo, materiallar oqimini iloji boricha to‘xtamaydigan, xodimlar
Yurishini iloji boricha kamaytiradigan qilib joylashtirilishi;
-dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonida ifloslanishini oldini oladigan bo‘lishi;
-turli xil mahsulotlarning aralashib ketishini yoki ishlab chiqarish jarayonidan biror
bosqichni tushib qolishini oldini oladigan bo‘lishi;
-asbob-uskunalarni yuvish, ishlov berish, ishlatish va hizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishi
kerak.
Tuzatilmagan asbob-uskunani ishlab chiqarish va texnik nazorat bo‘limi
xonalaridan chiqarib tashlanishi yoki chiqarilgunga qadar tegishli ravishda aniq,
markalab qo‘yilishi kerak.