O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/278
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#128768
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   278
Bog'liq
GXP asoslari majmua ФИ 3 курс1 48952

Mahsulotni saqlashga talablar 
Hujjatlar: yozma yo‘riqnomalar va hisobotlar 
1.  Mahsulotni  saqlash  zonalarida  barcha  faoliyat,  jumladan  yaroqlik  muddati 
o‘tgan mahsulotlar bilan ish olib borish bo’yicha yozma yo‘riqnomalar va hisobotlar 
(bayonnomalar)  bo’lishi  lozim.  Ushbu  yo‘riqnomalar  va  hisobotlar  (bayonnomalar) 
saqlash jarayonlarini aniq va ravshan tasniflashi, materiallar, dori vositalari harakatini 
va  mahsulotni  chaqirib  olish  zarurati  yuzaga  kelgan  holda  tashkilot  doirasidagi 
ma’lumotlarni aks ettirishi lozim. 
2.  Doimo  saqlashda  bo’lgan  har  bir  material  va  mahsulot  uchun  saqlash 
sharoitlari,  amal  qilinishi  lozim  bo’lgan  har  kanday  extiyotkorlik  chora-tadbirlari 
kursatilgan  yozma  yoki  elektron  kurinishidagi  ma’lumot  bo’lishi  lozim.  Yorliq  va 


 
o‘ram  bo’yicha  doimo  sifat  standartlari  va  amaldagi  qonunchilik  talablariga  rioya 
qilish lozim. 
3. Har bir keltirilgan yuk bo’yicha hisobotlar (bayonnomalar)ni saqlash lozim. Bu 
hisobotlar (bayonnomalar) mahsulot to‘g‘risida quyidagi ma’lumotni uz ichiga olish 
kerak: nomi, dori shakli, mikdori, etkazib beruvchi va oluvchining nomi va manzili, 
etkazib beruvchi tomonidan berilgan seriya rakami, keltirilgan va olingan sana, olishda 
berilgan  seriya  rakami,  yaroqlik  muddati  o‘tishi  sanasi.  Hisobot  (bayonnomalar)ni 
kamida 5 yil saqlash lozim. 
4. Belgilangan tizimga muvofiq, masalan, seriya rakami bo’yicha, materiallar va 
dori  vositalarini  barcha  olish  va  berish  sanalarini  aks  ettiruvchi  mukammal 
bayonnomalar  yuritish  lozim.  Bayonnomalar  aniq  yoritilgan  va  olishga  qulay  joyda 
bo’lishi kerak. 
5.  Zararkunandalarga  qarshi  kurashishda  qo’llaniladigan  vositalar  bezarar 
bo’lishi,  material  va  dori  vositalarini  u  bilan  kontaminatsiyalanishini  oldini  olishi 
zarur. Har qanday to‘kilish va sochilishda biron-bir kontaminatsiya xavfini to‘liq oldini 
olishni  ta’minlash  uchun  tozalash  bo’yicha  tegishli  jarayonlar  (protsedura)  ishlab 
chiqilgan bo’lishi kerak. 
6.  Material  va  mahsulotlarni  qabul  qilish  va  jo‘natish  joylari  ob-xavo  sharoiti 
ta’siridan  himoyalangan  bo’lishi  lozim.  Qabul  qilish  zonalari  shunday 
loyixalashtirilgan va jixozlangan bo’lishi kerakki, zarur bo’lganda olingan material va 
dori vositalari o‘ramlari (konteynerlari)ni saqlashga jo’natgunga qadar tozalash imkoni 
bulsin. 
7.  Agar  karantin  statuey  aloxida  zonalarda  ta’minlanayotgan  bo’lsa,  mazkur 
zonalar aniq belgilangan va ularga kirish faqat mas’ul xodimga ruxsat etilgan bo’lishi 
lozim.  Jismoniy  karantin  o’rniga  qo’llaniladigan  har  kanday  tizim  aynan  bir  xil 
himoyani  ta’minlashi  lozim.  Masalan,  kirish  xuquqini  cheklanishiga  ishonch  hosil 
qilish uchun validatsiyalangan holdagina kompyuterlashtirilgan tizimlar qo’llanilishi 
mumkin. 
8. Nazorat qilinadigan zonadagi birlamchi mahsulotlardan namunalar olish uchun 
tegishli nazorat qilinadigan sharoitlarga ega bo’lgan aloxida zona ajratilgan bo’lishi 
lozim. 
Agar 
namunalar 
olish 
saqlash 
zonasida 
amalga 
oshirilsa, 
uni 
kontaminatsiyalanishini  yoki  kesishgan  kontaminatsiyani  oldini  olgan  holda  amalga 
oshirish  lozim.  Namunalar  olish  zonalarini  tozalash  bo’yicha  tegishli  usullar 
(protseduralar) ishlab chiqilishi lozim. 
9.  Brak  qilingan,  yaroqlik  muddati  o‘tgan,  chaqirib  olingan,  qaytarilgan 
mahsulotlar  va  materiallarni  saqlash  uchun  jismoniy  yoki  boshqa  ekvivalent 
validatsiyalangan  (masalan,  elektron)  usul  bilan  izolyasiya  qilingan  alohida  xudud 
ajratilishi lozim. Bunday materiallar va mahsulotlar, shuningdek ularni saqlash joylari 
aniq belgilanishi lozim. 
10. Yuqori faollikka ega va radioaktiv materiallar, zararli, yuqori sezgirlikka ega 
vayoki  xavfli  materiallar  va  dori  vositalari,  shuningdek  yong‘in  va  portlash  xavfi 
bo’lgan  moddalar  (masalan,  oson  yonuvchi  suyuqliklar  va  qattiq  moddalar,  bosim 
ostidagi  gazlar)  tegishli  qo’shimcha  xavfsizlik  va  qo‘riqlash  vositalari  bilan 
jixozlangan maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim. 


 
11. Material  va  dori  vositalarini  taqsimlashda  va  ular  bilan  muomalada  Yaxshi 
ishlab chiqarish amaliyoti standarti va mazkur standartning tegishli talablariga rioya 
qilish kerak. 
12. Materiallar va dori vositalari bilan muomalada ularni kontaminatsiyalanishi, 
aralashib ketishi va kesishgan kontaminatsiyaga yul qo‘ymaslik kerak. 
13.  Materiallar  va  dori  vositalari  ularni  sifatini  saqlanishi  ga’minlanadigan 
sharoitlarda saqlanishi, ularning zaxiralari esa doimo yangilanib turishi kerak. Birinchi 
navbatda  yaroqlik  muddati  tugayotgan  mahsulotdan  xalos  bulish  (qutulish)  lozim 
(yaroqlik  muddati  tartibida  ishlatish,  «first  expired/first  out»  (FEFO)  -  «yaroqlik 
muddati kami/birinchi bulib ketadi» tamoyili). 
14. Brak kilingan materiallar va dori vositalari identifikatsiya qilinishi va uning 
takdiri  bo’yicha  oxirgi  qaror  kabul  kilingunga  qadar  mahsulotni  ishlatishga  yul 
kuymaydigan karantin sharoitida saqlash uchun junatilishi lozim. 
15. Giyoxvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar xalkaro konvensiya 
va O’zbekiston Respublikasining milliy qonunchilik hujjatlariga  muvofiq saqlanishi 
lozim. 
ko’rsatilgan talablarga mos kelishi kerak  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish