Dori vositalarini qayd etish siyosati. Dori vositalarini qayd etish siyosati dori
vositalari to‘g‘risidagi qonunlarda belgilab berilgan. Bu siyosat liberal (EH davlatlarida
kabi) yoki cheklovchi bo‘lishi mumkin. Masalan, Yevropa direktivalariga ko‘ra dori
vositasi faqat faolligi, havfsizligi yoki sifati bo‘yicha talablarga to‘g‘ri kelmasa
qaytarilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda dori vositasining farmatsevtik bozorda
xuddi shunday o‘xshashi bo‘lganligi yoki narxi balandligi sababli ro‘yxatdan
o‘tkazmasligi mumkin emas (bunday davlatlarda qayd etilgan dori vositalarining soni 25-
25 mingtani tashkil etadi). Norvegiyada esa faqatgina Yangi orginal dori vositalari
ro‘yxatdan o‘tkaziladi (qayd etilgan dori vositalarining soni 5 mingta).
Do'stlaringiz bilan baham: |