Tadqiqot rejasi, tadqiqotni o‘tkazish va olingan natijalari. Tadqiqot rejasi tadqiqot
o‘tqazilishidan oldin yozma holda ishlab chiqilgan, yaxshi laboratoriya amaliyoti
prinsiplariga binoan tadqiqot rahbari tomonidan sanasi ko‘rsatilgan ravishda imzolangan
va sifatni ta’minlash xizmati hodimlari tomonidan izlashtirilgan bo‘ladi.
Tadqiqot rejasidan chetlanishlar yozma ravishda ko‘rsatilishi, tushuntirilishi, qabul
qilinishi va o‘z vaqtida javobgar tadqiqotchi yoki tadqiqot rahbari tomonidan sanasi
ko‘rsatilgan holda imzolanishi kerak. Tadqiqot rejasidan chetlanishlar tadqiqotning
birlamchi natijalari bilan saqlanishi kerak.
Tadqiqot rejasi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan chegaralanib
kolmaydi:
1. Tadqiqot, sinaluvchi va standart ob’ektlar haqida ma’lumot:
a) tadqiqotning to‘liq nomi;
b) tadqiqotning ma’nosi va maqsadi;
c) (IUPAC) Xalqaro nazariy va amaliy kimyo birlashmasi nomenklaturasi, ((CAS)
Amerika kimyo jamiyatini axborot xizmatining kayd etish raqami bo‘yicha kodi yoki
nomi orqali tekshiriluvchi ob’ektni tasvirlash, biologik parametrlari va shu kabilar.
d) ishlatiladigan standart (nazorat) ob’ekti.
2 Sinov markazi va xomiy haqida ma’lumot:
a) manzili ko‘rsatilgan holda xomiy haqidagi ma’lumot;
b) tadqiqot o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan barcha sinov markazlari va maydonchalarining
nomi va manzili;
c) tadqiqot rahbarining ismi, sharifi va manzili;
d) javobgar tadqiqotchining ismi, sharifi, manzili va unga tadqiqot rahbari tomonidan
bajarish uchun yuklatilgan tadqiqot bosqichlari.
3 Sanalar:
a) tadqiqot rahbari tomonidan tasdiqlangan tadqiqot rejasi sanasi. Tadqiqot rejasining
sinov markazi rahbariyati va xomiy tomonidan tasdiqlangan sanasi;
b) tajribaning taxminiy boshlanish va tugallanish sanalari.
4 Sinov uslublari
Iqtisodiy hamqorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) tomonidan ishlab chiqilgan
qo‘llanmaning bo‘limlaridan ko‘chirmalar, boshqa qo‘llanmalar va uslublar.
5 Boshqa muammolar:
6 Yozuvlar: saqlanishi kerak bo‘lgan hamma yozuvlar va hujjatlarning ro‘yxati.
Har bir tadqiqotga unikal identifikatsion raqam (kod) berilishi va ushbu tadqiqotga
taaluqli barcha ob’ektlarga ham identifikatsion raqam (kod) berilishi shart. Tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan barcha namunalar, kelib chiqishlarini tasdiqlash uchun identifikatsiya
qilingan bo‘lishi shart. Bunday identifikatsiya qilingan namunalarni va tadqiqotlarni
kuzatilib turilishini amalga oshirishga imkon yaratadi.
Tadqiqotlar tadqiqot rejasi asosisda amalga oshiriladi, olingan barcha natijalar o‘z
vaqtida, tez, aniq va ravon yozib borilishi, shu yozuvlarni yozgan xodim tomonidan
sanasi ko‘rsatilgan holda imzolanadi va kompyuterga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladi (sana
qo‘yiladigan (elektron) imzo bo‘lishi lozim).
Har bir tadqiqotdan so‘ng yakuniy hisobot tayyorlanadi va tadqiqotlarda ishtiroq etgan
javobgar tadqiqotchilar hamda ilmiy xodimlar hisobotlarini imzo va sana bilan
tasdiqlaydilar.
Yakuniy hisobot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan
chegaralanmasligi kerak:
1 Tadqiqot, sinaluvchi va standart ob’ektlar bo‘yicha identifikatsion ma’lumotlar:
a) kengaytirilgan nomlanishi;
b) tekshiriluvchi ob’ektga tegishli identifikatsion ma’lumotlar - kod yoki nomlanishi
(Nazariy va amaliy kimyo bo‘yicha Halqaro tashkilot nomenklaturasiga ko‘ra (IUPAC),
Amerika kimyo jamiyatining kimyoviy adabiyotlar bo‘yicha axborot xizmatini ro‘yhati
raqami bo‘yicha (CAS), biologik harakteristikalar va boshqalar);
c) standart ob’ektning nomlanishi;
d) sinaluvchi ob’ektning tozaligi, turg‘unligi va bir xilligini o‘z ichiga olgan
harakteristikasi.
2 Homiy va sinov markazi xaqida ma’lumot:
a) homiyning nomi va manzili;
b) tadqiqotda ishtirok etuvchi sinov markazlari va maydonchalarining nomi, manzili;
c) tadqiqot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
d) javobgar tadqiqotchi(lar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili, hamda
unga bajarish uchun topshirilgan tadqiqot bosqichlari;
f) yakuniy hisobotga hisobotlari kiritilgan ilmiy xodimlarning familiyasi, ismi, otasini
ismi va manzili.
3. Tajribaning boshlanish va yakunlanish sanalari.
4 Sifatni ta’minlash bo‘yicha inspektorlarning hisoboti o‘tkazilgan tekshiruvlar turlari
va sanalari to‘g‘risada, tekshiruvdan o‘tgan tadqiqot bosqichlari, tadqiqot rahbari va
javobgar tadqiqotchi(lar)ga taqdim etilgan sanasi ko‘rsatilgan tekshiruv natijalarini o‘z
ichiga oladi.
5. Tadqiqot materiallari va uslublari:
a) tadqiqotlarda ishlatiladigan materiallar va uslublarning tasnifi;
b) tadqiqotda ishlatilgan iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (OECD)
uslubiy qo‘llanmasidan yoki boshqa rasmiy qo‘llanmalar va uslubiy hujjatlardan olingan
axborot ma’lumotlar.
6. Natijalar:
a) natijalarning qisqacha mazmuni;
b) tadqiqot rejasini bajarishda olingan barcha ma’lumot va natijalar;
c) olingan ma’lumotlarni hisob-kitobi va statistik ishlovini o‘z ichiga olgan natijalarni
taqdimoti;
d) natijalarni baholash va muhokamasi, ma’lumotlar, xulosalar.
7. Saqlash
Tadqiqot rejasi, sinaluvchi va standart ob’ektlarning namunalari, birlamchi
ma’lumotlar va yakuniy hisobotlarni yaxshi sharoitlarda saqlanishini ta’minlovchi joy
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |