Axborot asimmetriyasi – bozorda qatnashuvchi subyektlarning
axborot olishdagi teng imkoniyatining buzilishi, shu axborotdan manfa-
atdor ayrim subyektlarning boshqalarga nisbatan ustun mavqega ega
bo‘lishlari.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish – jamiyat taraqqiyoti, munosib
turmush
darajasini
ta’minlash
maqsadida
davlat
tomonilan
kafolatlanadigan va amalga oshiriladigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
tashkiliy chora-tadbirlar majmyasi.
Aholining umumiy daromadi – ma’lum bir vaqt davomida pul va
natura shaklida olingan daromad.
Aholining turmush darajasi - asosiy hayotiy ehtiyojlarini
qondirish, hayot farovonligini.ko‘rsatadi. U qatot ko‘rsatkichlar orqali
ifodalanadi.
Bazis yili – indekslar, foizlarni hisoblaganda boshqa yillar iqtisodiy
ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash uchun asos qilib, ajratib olinadigan yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |