Banklarning umumiy kapitali – banklarning o‘z faoliyatini (bank
operatsiyalarini) amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy
resurslar bo‘lib, u banklarning o‘z kapitali bilan birga turli manbalar
orqali jalb etilgan pul kapitalidan iborat. Bunda jalb etilgan kapital
bankning o‘z kapitalidan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Barter – bir mahsulotni ma’lum bir miqdoriy nisbatda boshqa
mahsulotga ayirboshlash.
Biznes – tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga
aylantirishning tashkiliy shakli (yakka xususiy tadbirkorlik, kichik, o‘rta,
yirik).
Do'stlaringiz bilan baham: |