Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti – davlatning mulk
monopoliyasi, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, markazdan
rejalashtiriladigan iqtisod.
Diversifikatsiya – qo‘shilgan qiymatning o‘sish dinamikasini
(mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishni barqaror o‘sishini)
ta’minlash maqsadida bir tarmoq, soha o‘z kapitalini boshqa tarmoq,
cohalarga yo‘naltirishi. Bunda mahsulot assortimenti, xizmat turlarini
ko‘paytirish orqali iqtisodiy krizislarga dosh berish ham ta’minlanadi,
modernizatsiya va tarkibiy o‘zgarishlar bilan uyg’unlashib ketadi.
Masalan, oziq-ovqat sanoatiga tegishli korxona o‘zkapitalini agrar
sektorga yoki, aksincha, agrar sektordan fermer o‘z kapitalini qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashga qo‘yishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |