Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi – milliy manfaatlardan kelib
chiqqan holda iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, bozor bajara
olmaydigan ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirish.
Davlat sektori – mamlakat iqtisodiyotining davlat, hukumat
tomonidan to‘la nazorat qilinadigan qismi.
Davlatning tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb
qilish natijasida vujudga kelgan mamlakat majburiyatlarining yig’indisi.
Daromad – ma’lum bir vaqt (yil) oralig‘i(yil)da YaIMning omillar
ulushiga ko‘ra taqsimlanishi natijasida olingan, shaxsiy iste’mol va turli
357
ne’matlar (tovar va xizmatlar) sotib olishga mo‘ljallangan pul
mablag‘lari summasi.