9
4.«Milliy AK tizimlarining axborot havfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar» (PQ-167. 5.09.2005)
5. «O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta’lim tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida» (PQ-191,
28.09.2005)
6.“ZiyoNETaxborot tarmog‘ini rivojlantirish” (VM Karori -282, 28.12.2005)
7.«ZiyoNET texnologik maydonchasida axborot resurslarini yaratish, ekspertdan o‘tkazish va
joylashtirish Nizomi»
8.“Qog‘ozdan to‘g‘ri va tejamkorona foydalanish haqida» (VM Karori-155, 22.07.2010)
9. «Davlat va mahalliy boshqaruv organlarida elektron hujjat almashinuvi hamda yagona
himoyalangan elektron pochtadan foydalanish chora-tadbirlari» (VM Karori 126, 4..05.2011)
10.«Zamonaviy AKTni rivojlantirish va tadbiq etish to‘g‘risida» (PQ-1730, 21.03.2012)
Ko‘pgina kuzatuvchilarning fikricha, 2 mavzu - IAT(ilmiy axborot texnologiyalari)
hamda sog‘liqni saqlash o‘zaro chambarchas bog‘liq. Qator sog‘liqni saqlash tashkilotlari klinik
axborot boshqaruvi soxasidagi kompyuterlashgan tizimdan foydalanishga asoslangan faoliyatni
yuritishga e’tibor qaratmoqdalar. Bunda albatta, kompyuter nafaqat bemorga xizmat qilish, balki
kerakli ma’lumot almashinuvida, teletibbiyot masalalarini hal etishda ham bevosita ishtirok
etadi. Masalan bemorning bir tibbiy muassasaga murojaat qilganida, shu kungaqadar qaysi tibbiy
muassasalarda davolangani hamda bundagi davolash usullarini o‘rganish imkoni bo‘ladi.
SHuningdek, davolash uslubini o‘rganishda markazlashgan kutubxonaga ulanish masalalari,
bemorning kasallik ma’lumotlarini konffidensialligi, bemorlar va shifokorlarga kerakli
ma’lumotni taqdim etib bera oladigan, havfsiz bo‘lish bilan birga boshqa qo‘shimcha
ma’lumotlarni taqdim eta bilishi kerakdir. Bularning barini sog‘liqning elektron yozuvi o‘zida
aks ettiradi.Elektron yozuvning joriy qilinishi integratsiya tizimining vazifasi hisoblanadi. Tibbiy
elektron yozuvlari( TEYO) ning klinik tadqiqotlarni saralashdagi o‘rnini o‘rganamiz. TEYOning
joriy qilinishi bemoning kundalik kuzatuvida chalkashliklarni tug‘dirishi mumkin. Sababi,
onlayn tizimida kiritilgan keyingi ma’lumot yangilashi mumkin bo‘ladi. Dinamikani o‘rganishda
esa asosiy klinika kompyuterining hotirasiga murojaat orqali aniqlanishi mumkin.
Davlat va federal hukumatning o‘rnini alohida ta’kidlash joiz. Sababi ayrim aholi
vakillarining salomatligi haqidagi ma’lumotlarning ovoza bo‘lishi, ayrimlarga taz’yiq
o‘tkazilishini oldini olish, jamiyatdagi ijtimoiy tinchlik ta’minlanishi kerak. Kuzatuv vaqti
o‘rnatilgangandan keyin olingan ma’lumotlarni haqiqiyligini tekshirishda taqdim etuvchilarga
ularni tasdiqlash uchun qayta yuboriladi. SHu tariqa markazlashgan tizimda ikki tomonlama
aloqa yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. (rasm.1.6). Bu bevosita taqdim etuvchining axborotini axborot
integratsiyasiga
mos
xolda
standartlashni
ta’minlaydi.
SHifokor va elektron-tibbiy nazoratchi orasidagi bunday bog‘liqlik klinik tajribalarni ancha
sifatli va samarali o‘tishini ta’minlaydi. Sog‘liqni saqlashni rejalashtirishda bir necha klinik va
regional tibbiy muassasalardan olingan ma’lumotlarning davlat darajasida hal etish imkonini
beradi. Internet va raqamli axborot almashinuvi bugungi kunda tibbiyot va sog‘liqni saqlashning
ajralmas qismiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |