1
Maksad: “Axborot texnologiyalari”, “Tibbiy informatika” fanlariga ta’rif berish, ularning
rivojlanish bosqichlari, huquqiy asoslarihamda jamiyatdagi o‘rni haqida, sog‘liqni saqlash
tizimida qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Axborot, uning birliklari, xossalarini yodga olish.
Tibbiy informatika, elektron-tibbiy yozuv, uning tibbiy klinikada qo‘llanishi haqida ma’lumot
berish.
MAVZU REJASI:
1.Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi.
2. Informatika fani asoslari.
3. Bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanish asoslari.
4. Sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiy ta’limda axborot texnologiyalarining maqsad va vazifalari.
5. Teletibbiyot asoslari.
Tibbiyotga axborot inqilobi 40- yillarda bo‘ldi. Ilk radiotelefonlarning, signalizatsiya
vositalarining qo‘llanishi, tibbiy natijalarni statistik tahlil qilishda hisoblash texnologiyalaridan
foydalanilmoqda.
Bugungi kunda tibbiy informatika sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismiga
aylangan. U 4 asosga tayanadi:
1 Biologik informatika.
2. Tasviriy informatika.
3. Klinik informatika.
4. Sog‘liqni saqlash informatikasi.
Insoniyat uzining rivojlanishi tarixi mobaynida modda kuvvat va axborotlarni
uzlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosikichning ilgor texnologiyasi
nomi bilan atalgan. Masalan: « tosh asr»– mexnat kuroli yasash uchun toshga ishlov berish
texnologiyasini egallash boskichi, «kitob chop etish asri» - axborotni tarkatishni yangi usulini
uzlaщtirish boskichi, «elektr asri» - kuvvatning yangi turlarini uzlashtirish boskichi shular
jumlasidandir. Bundan 50-60 yillar ilgari «atom asri» boshlandi deyilgan bulsa, xozirgi kunda
«EXM asri» deb aytiladi. Biz yangi «Informatika» fanining urgana boshlaymiz. «Informatika
fanining kelib chikishi, uning uch tarkibiy kismi algoritm, dastur va xisoblash vositalarini paydo
bulishi va rivojlanishi bilan boglik. Informatika axborotlarni EXM yordamida tasvirlash, saklab
turish, uzatish va ishlov berish usullarini urganadigan fandir.
EXMlarni ishlab chikish va undan foydalanish soxasida katta yutuklarga erishgan olim
V.M.Glushkov ta’biri bilan aytsak: YAngi asr boshida texnik jixatdan rivojlangan
mamlakatlarda aksariyat axborot EXM xotirasida joylashgan buladi. XX1 asr boshlarida ana shu
axborotlardan foydalanishni bilmagan kishi, XX asr boshida ukish va yozishni bilmagan odamga
uxshab koladi. Bundan kelib chikkan xolda «Informatika» fanini urganish ikkinchi savodxonlik
bilan tengdir.
1.Axborat, modda va kuvvat.
Informatika fani xam boshka fanlar katorida olamni bilish uchun xizmat kiladi.
Olamdagi xar bir jonli va jonsiz mavjudod makonda va vaktda uzgarib turadigan modda va
kuvvat kurinishida namoyon buladi. Modda va kuvvat dunyoning ikki muxim mazmuni, uning
ikki muxim tarkibiy kismidir. Lekin borlikni mavjud bulishi va uni bilishning yana bir muxim
va zarur mazmuni bor,bu xam bulsa axborotdir.