4.O’quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi
printsipi.
Mazkur printsip, dasturdan tanlab olingan o’quv materiallari va mazkur
metodik materiallar asosida mashg’ulotlar mazmunini tuzish jarayonida
qo’llaniladi. Bunda har bir guruhning umumiy bilim va malaka darajasi hisobiga
olinishi shart. Dastur asosida har bir guruhning bilim va malakalari hisobiga
olingan holda, musiqa mashg’ulotlarining yillik kalendar-mavzuli rejasi tuziladi.
Kalendar-mavzuli ish rejasini tuzganda, uning mazmunida bolalarning yosh
xususiyati, musiqiy o’quvi, yangi qo’shiqlar, musiqa tinglash uchun asarlar,
musiqa savodidagi o’quv materiallari, mashg’ulotlar faoliyatlari hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |