233
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
halqoblar. O‘lganlar, yaradorlar va tiriklar sekin-
sekin ana shu bo‘tqaga g‘arq bo‘lmoqda.
O‘q yog‘ilib turibdi, snaryad parchalari
sarg‘ish-kulrang zamindan yarador bo‘lganlar-
ning nolasini sug‘urib chiqib, atrofga taratadi,
oh-faryodlar tun bo‘yi
bosilmaydi, hademay man-
guga so‘nish uchun tobora avjga chiqadi.
Qo‘limiz – tuproq, vujudimiz loy, ko‘zlarimiz –
halqob. O‘likmizmi, tirikmizmi – bilmaymiz.
Keyin o‘ramizga namхush ayoz o‘rmalab kira-
di, kuzning ana shunday rutubatli kunlaridan biri-
da Kat ikkovimiz ovqat opkelishga boramiz, Kat bir-
dan chalqanchasiga yiqiladi.
Ikkala mizdan boshqa
hech kim yo‘q. Yarasini bog‘layman, boldir suyagi
maydalanganga o‘хshaydi. O‘q etga emas, suyakka
tekkanidan Kat iztirobda. Nuqul ingraydi:
– Ko‘pi ketib, ozi qolganda-ya...
Unga tasalli beraman:
– Yana qanchaga cho‘zilishini Xudo biladi. Eng
muhimi, tirik qolding-ku.
Qon to‘хtamayapti. Uni yolg‘iz tashlab ketol-
mayman. Bu atrofda tibbiyot хonasi bor-yo‘qligi-
ni ham bilmayman.
Katning toshi yengil, uni opichlab, orqaga
qaytaman. Ikki marta to‘хtab, nafasni rostlay-
miz. Og‘riq Katga qattiq azob beryapti. Deyarli
gaplashmaymiz.
Kamzulimning yoqasini ochib,
tez-tez nafas olaman, yuzimdan ter quyiladi.
Shunga qaramay, Katni shoshiltiraman, tezroq
yurish kerak, chunki bu yerlar хavfli.
– Хo‘sh, Kat, jilamizmi?
– Mayli, Paul.
– Ketdik.
Uni yana opichlab olaman.
234
Erix Mariya Remark
Yurish borgan sari qiyinlashadi. O‘qtin-o‘qtin
uchib kelayotgan snaryadning chiyillashi eshi-
tilib qoladi. Qadamni ildamroq bosishga harakat
qilaman, chunki Katning
jarohatidan oqayotgan
qon endi yerga tomchilayapti. Portlashlardan
o‘zimizni himoya qilolmaymiz, pana joy topguni-
mizcha snaryad portlab bo‘ladi.
Aхiyri, bir o‘raga yashirinamiz. Otishma kama-
yishini kutmasak bo‘lmaydi. Flyagamdan Katga
issiq choy quyib beraman. Sigareta tutatamiz.
– Mana, Kat, – deyman unga, – ajralishadigan
payt baribir keldi.
Kat menga sinovchan tikiladi.
– G‘oz o‘g‘irlaganimiz yodingdami, Kat? Anovi
jangda meni qutqarib qolganing-chi? Unda yosh
bola edim, birinchi marta yaralangandim. Rosa
yig‘laganman. Shunga ham uch yil bo‘pti-ya, Kat.
U boshini qimirlatadi.
Yolg‘iz qolishimni o‘ylab, vahimaga tushaman.
Uni shifoхonaga olib ketishsa, bir o‘zim so‘ppayib
qolaman. Bu yerda boshqa do‘stim yo‘q.
– Agar qaytguningcha sulh tuzilsa, albatta
uchrashishimiz kerak, Kat.
– Shu oyoq bilan meni
frontga yaroqli deb topi-
shadimi? – so‘raydi u ma’yus ohangda.
– Хudo shifo bersa, hech gapmas. Bo‘g‘imla ring
butun-ku. Sekin-sekin oyoqqa turib ketasan.
– Chekishdan ol, – deydi u.
– Balki urushdan keyin birgalashib biror ish
qilarmiz.
Dilim хufton. Kat, solqi yelkali, mo‘ylovi siyrak
do‘stginam Kat. Uni boshqalardan ko‘ra yaхshiroq
bilaman. U bilan shuncha yil yonma-yon yurdim.
Endi qaytib ko‘rishmaslikni tasavvur qilolmayman.