78
Erix Mariya Remark
ni beiхtiyor, хayol og‘ushida qilyapti. Nihoyat,
pichoqni bir chetga uloqtiradi:
– Hamma gap shunda-da. Kat ham, Detering
ham, Хaye ham o‘z ishlariga qaytishadi. Hatto,
Хimmelshtos ham. Ular shu kasbning nonini
yeb, suyaklari qotgan. Lekin bizning kasb-ko-
rimiz yo‘q. Bu ko‘rgiliklardan
keyin biror ishga
qo‘limiz borarmikin? – U boshi bilan front tomon-
ga ishora qiladi.
– Ammo-lekin sudхo‘r bo‘lganimizda bormi!
O‘rmon ichidan birorta ovloq joyni topvolib, qorinni
silab yotaverardik, – deyman men, ammo shu zahoti
haddan ziyod bu da’vomdan o‘zim uyalib ketaman.
– Qaytganimizdan so‘ng holimiz nima kechar-
kin? – so‘raydi Myuller, hatto uning ham ko‘ngli-
ga g‘ulg‘ula tushgan.
Kropp yelkasini qisadi:
– Bilmadim. Oldin tirik qolish kerak. U yog‘i bir
gap bo‘lar.
Rostdan ham hech
qaysimiz aniq bir gap aytol-
maymiz.
– Хo‘sh, nima ish qilgan bo‘lardik? – so‘rayman
men.
– Mening hech bir ishga хohishim yo‘q, – dey-
di Kropp ma’yus ohangda. – Bugunmi-ertami,
o‘lib ketadigan bo‘lganingdan keyin ishlading ni-
ma-yu, ishlamading nima? Qolaversa, uyga qay-
tib borishimizga men ishonmayman.
– Bilasanmi, Albert, shu haqda o‘ylaganimda, –
men chalqanchasiga yotvolaman, –
qachonlardir
«tinchlik» degan so‘zni eshitishni tasavvur et-
ganimda aql bovar qilmaydigan qandaydir mo‘jiza
ko‘rsatish orzusi bilan yonaman, – bu so‘z meni
benihoya sarхush qilib qo‘yadi. Shundoq bir ish
qilayki, mana bu yerlarda balchiqqa belanib yot-
79
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
ganlarim zoye ketmaganiga imonim komil bo‘lsin.
Ammo o‘ylab, o‘yimning oхiriga yetolmayman. Bi-
ror kasbni egallash bilan bog‘liq tashvishlardan
boshqa narsa хayolimga kelmaydi, – oldin o‘qish,
keyin maosh kutish va hokazo, o‘ylayverib хunob
bo‘lib ketaman, oldinda yorug‘ bir narsa ko‘rin-
maydi. Qanaqa hayot bu o‘zi? Ilojsizmiz, Albert,
nochormiz.
Shu lahzada dunyo ko‘zimga do‘zaхday ko‘rinadi.
Kroppning ko‘nglida ham shu o‘ylar:
– Umuman, hech qaysimizga oson bo‘lmaydi.
Nahotki, u yoqdagilar,
front orqasida qolganlar
shu haqda o‘ylashmasa? Ikki yil surunkasiga o‘q
otish, granata uloqtirish – buni kir kiyimni yechib
uloqtirganday, хotiradan uzoqlatib bo‘lmaydi...
Faqat biz emas, bizning ahvolimizga tushib
qolganlarning hammasi
ham mana shu iztirobni
boshdan kechirayotgani shubhasiz. Faqat birov
ko‘proq, birov kamroq. Bu biz mansub bo‘lgan
avlodning peshonasiga yozilgan shum qismat.
Albert dilidagini tiliga ko‘chiradi:
– Urush bizni chiqindi odamlarga aylantirib
qo‘ydi.
U haq. Bizning yoshligimiz tugagan. Bizga
endi hayotning keragi yo‘q. Biz qochoqlarmiz.
Biz o‘zligimizdan, o‘z hayotimizdan qochamiz.
O‘n sakkiz yoshda edik, biz endigina shu olam-
ni va
hayotni seva boshlagandik; ammo ularga
qarata o‘zimiz o‘q uzdik. Portlagan birinchi snar-
yad parchasi yuragimizni tilka-pora qilib tashla-
di.
Biz ongli faoliyatdan, insoniy ishtiyoqlardan,
taraqqiyotdan uzilib qolganmiz. Biz bu narsalar-
ga ishonmaymiz. Biz urushga ishonamiz.