K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda istiqlol yillarida erishgan
yutuqlarimizning eng muhimlaridan biri jamoatchilik fikri, ijtimoiy fikrni azaliy
qadriyatlarimiz bо‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasiga, oilaga, nogironlarga nisbatan
mehr-muruvatlilik, insonparvarlilik, kelajak avlodning sog‘ligi uchun qayg‘urish
har birimiz, hammamizning ishimiz ekanligini anglashimiz bо‘ldi, desak
adashmaymiz.
Fan
va
texnika
taraqqiyotining
jadal
kechayotgani,
axborot
texnologiyalarining keng qо‘llanilayotganligi, о‘quvchilarga berilishi lozim
bо‘lgan bilimlar kо‘lamini tobora oshib borayotganligi, ta’limni tubdan
yaxshilanishi, fanlar bо‘yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan
hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va
darsliklar, ta’limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqish davr talabidir.
Jamiyatda о‘qituvchi, birinchidan, о‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash,
mehnatkashlarga har tomonlama bilim berishdan iborat bо‘lgan faxrli hamda
ma’sul vazifalarni bajaradi. Bu vazifalarni ado etish pedagogning alohida
ijtimoiy roli va uning jamiyatdagi faxrli о‘rnini belgilaydi. Jamiyatda о‘qituvchi
faoliyati yuksak baholanmoqda va uning obrо‘si yuksaltirilmoqda.
Inson asosan, ikki yо‘l bilan tarbiyalanishi mumkin: birovlarning bevosita
ta’siri, ya’ni о‘rgatishi, shuningdek, donolar fikrlari, о‘gitlari va asarlarini о‘qish
orqali, inson о‘zining fikrlashi, odamlar xatti- harakatidan, qilgan va qilayotgan
ishlaridan tegishli xulosa qilishning eng qudratlisi tafakkur vositasida
tarbiyalanishi mumkin.
Allomalarimizdan A.Avloniy «Agar kishiga hayotning о‘zi berolmas
ta’lim, unga ta’limni bera olmas hech bir muallim»
1
deya nasihat qiladilar, bu
iison о‘z tafakkuri yordamida tarbiyalanishi deb ahloq normalarini egalash,
yashayotgan jamiyat, insongarchilik xulq-atvor о‘zida jamlangan ahloqiy
kо‘nikma va malakalarni mujassamlashtirishi lozimligini taqozo etadi.
1
Абдулла Авлоний “Гулистон ёҳуд аҳлоқ” .-Т.,”Мерос”-1993, 26-бет.
4
Kо‘pchilik olimu-fо‘zalolar tarbiya deganda faqat bolaga tarbiya berishni
tushunadilar. Bizningcha bu tarbiyaga faqat bolalar emas, kattalar ham
muhtojdirlar. Hozirgi davr yigit-qizlar, shuningdek yoshi ulardan ham ulug‘lar
odob-ahloq aqidalariga zid ish tutadilar. Bunga dalillar kо‘p topiladi.
Demak, tarbiyashunoslik insonni gо‘dakligidan boshlab to umrining
oxirigacha hayot va turmush odobiga о‘rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda
tadqiq etuvchi fandir. Tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi bu ta’rif, ma’no va
mazmuniga odamlarning butun umri davomidagi xulq-atvori, odob-ahloqi, bu
boradagi milliy an’analarga sadoqat va shularga tarbiyachi hamda
tarbiyalanuvchining tо‘la amal qilishi, milliy qadriyat, ma’naviyat va ma’rifatga
hurmat, iymon va vijdon singari gо‘zal fazilatlar singgan.
О‘n ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining о‘n
birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan О‘zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasini chuqur tahlil qilib kо‘rilsa, unda yuqorida
zikr qilingan tarbiya va tarbiyashunoslik haqidagi fikrlar о‘z ifodasini topganini
kuzatish mumkin. Boshqacha aytganda, bizning «Konstitusiyamiz - milliy
tarbiya va tarbiyashunoslik qomusidir».
2
Uning deyarli har bir moddasida
tarbiya ma’nolari silsilasi mavj urib turibdi.
Unda tarbiyachi va tarbiyalanuvchi sо‘zlari aynan ishlatilmasada, ularning
burch va vazifalari aks etgan. Bu haqda Prezidentimiz I. A. Karimov shunday
yozadi: «Tarbiyachi - ustoz bо‘lishi uchun, boshqalarning aql-idrokini о‘stirish,
ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib
yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining о‘zi ana shunday yuksak
talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bо‘lishi kerak»
3
. Bu
yerda tarbiyachining о‘zi hamisha о‘rnak bо‘lishi zarur degan fikr ilgari
surilyaptiki, shu haqida tarbiyaning asosiy tamoyillaridandir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Bilimdon va
ma’naviy yetuk bо‘lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan
2
O’bekiston Respublikasi Konsititutsiyasi-T.:O’zbekiston 8-dekabr. 1992 y. 18-бет.
3
K a r i m o v I. A. Buyuk kelajagimizning haqiqiy kafolati. Toshkent, «Sharq» nashriyot-matbaa konsernining Bosh tahririyati, 1993, 27-
28- betlar.
5
hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish
bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi»
4
. .... Chunki islohotlarni
amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga о‘tish, birinchi navbatda kadrlar
potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog‘liq bо‘ladi....
Shunga kо‘ra О‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisining IX
sesiyasida Prezidentimiz I.A.Karimov sо‘zlagan nutqi va unda qabul qilingan
«Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonun
5
hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da
ta’lim-tarbiya tizimini islox qilish, uni zamon talablari darajasiga kо‘tarish,
kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish sog‘lom salohiyatli, barkamol
avlodni tarbiyalash asosiy maqsad qilib belgilanib, uni hayotta tadbiq etish
ishlari davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan deb hisoblanadi.
Demak bugungi kunda yosh avlodni har jihatdan barkamol inson sifatida
shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimida dolzarb muammolardan etib belgilangan.
Yuqorida aytib о‘tilganmizdek sog‘lom bolalar qatorida ruhiy va jismoniy
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar maxus ta’lim tarbiyasiga ham ta’luqli
bо‘lib bu sohada ham islohotlar olib borilmoqda.
Maxsus maktablarning tо‘rtinchi sinfidan boshlab о‘qitish predmeti
bо‘yicha amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflarda о‘qitish va tarbiyalash ishini
yakka о‘qituvchi, olib borganligi sababli о‘quvchi bilan о‘qituvchi о‘rtasida
tо‘g‘ri va muntazam birlik vujudga kelgan bо‘lsa, endilikda bir vaqtning о‘zida
aqli zaif о‘quvchi bir necha о‘quvchi bilan aloqaga kirishadi. Bu hol aqli zaif
о‘quvchilar haqida vujudga kelgan stereotiplarning buzilishiga va yangisini hosil
bо‘lish talab etadi. Ayni vaqtda sinfdagi о‘quvchilarning о‘zlashtirishning sifati,
sinfdan tashqari ishlarning uyushtirilishi, maktab va oila aloqasini
mustahkamlash, о‘quvchilarning bolalarga nisbatan qо‘yadigan talablarida birlik
bо‘lishni ta’minlash kabi muhim vazifalarni hal etish uchun javobgar shaxs
bо‘lishini sharoitning о‘zi talab qiladi. Aynan ana shu maqsadda maxsus
maktabda 5-sinfdan boshlab shu sinfda dars beradigan, tajribali, obrо‘li,
4
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’rifat, 2008. – 176 b.
5
О‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni. 1997 yil.
6
о‘quvchilardan sinf rahbari qilib tayinlanadi.
Maxsus maktablarda sinf rahbarining ish tizimiga oid ishlar
respublikamizda yetarlicha о‘rganishmagan va bu muammoning kо‘pgina
qirralari ham xanuz о‘z yechimini kutmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |