2.1.Amaliy mashg’ulot uchun materiallar
1-mavzu: Umumiy jismoniy tayyorgarlik (jismoniy sifatlarni
rivojlantirish).
Jismoniy tarbiyadan nazariy ma'lumotlar o`rta maktablarda har bir jismoniy
tarbiya darslarida, dars mavzusiga muvofiq berib boriladi. Dars davomida nazariy
ma'lumotlar sifatida jismoniy mashqni bajarish texnikasi va taktikasi, jismoniy
fazilatlarni rivojlantirish, harakat malaka va ko`nikmalariga o`rgatish, jismoniy
tarbiya va sport bilan shug`ullanishda jarohatlanishni oldini olish kabi ko`rsatmalar
berib boriladi. Shu bilan birga o`quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga
qiziqishlarini ortirish uchun jismoniy mashqlarni organizmga ijobiy ta'siri va sog`lom
bo`lish uchun tabiat omillaridan foydalanish usullari hamda mashxur sportchilar
hayoti xaqida ma'lumotlar berib boriladi.
Kollejlarda jismoniy tarbiyadan nazariy bilimlar ma'ruza va seminar
mashg`ulotlari davomida maxsus rejaga muvofiq berib boriladi. Bu mashg`ulotlarda
ta'lim tizimida jismoniy tarbiya va sportning tutgan o`rni hamda jismoniy tarbiyaning
maqsadi va vazifasi o`rganiladi. Shuningdek jismoniy mashqlarini organizmga ijobiy
ta'siri, sog`lom turmush tarzi, jismoniy tarbiya vositalari-jismoniy mashqlar bilan
mustaqil shug`ullanish, tabiat omillari-quyosh, havo va suv muolajalari yordamida
chiniqish, jismoniy fazlatlarini rivojlantirish va takomillashtirish tavsiyalari berib
boriladi. Tamaki maxsulotlari chekish, alkogol ichimliklar iste'mol qilish, noto`g`ri
ovqatlanish, semirib ketish, kam harakatlik kabi organizmga salbiy ta'sir etuvchi
omillarni bartaraf etish talablari keng ta'riflanadi.
Jismoniy mashqlar va sport bilan shug`ullanishda shaxsiy gigena talablari
bo`lgan sport kiyimlari, poyabzallar hamda sport jixozlarini toza va saranjom tutish.
Tanani parvarish qilish, og`iz bo`shlig`ini toza tutish, dam olish, yashash, mashg`ulot
joylarini gigenik talablariga javob berishlarini tashkil etish. Ichimlik suvi, issiq suv va
toza havo bilan taminlanishi, yoritilishini nazorat qilish masalalari nazariy bilimlarda
berib boriladi.
O`quvchi va talabalar bilan tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlari maqsadi
va vazifalari hamda ularning shakllari, mashg`ulotlarni tashkil etish uslublari ham
tahlil etiladi. O`quv kursiga muvofiq sport turlari qonun qoidalari, sport turlari va
jismoniy mashqlarga o`rgatish texnikasi va taktikasi, umumiy va maxsus jismoniy
fazilatlarni rivojlantirish hamda sport turlari bo`yicha musobaqalar tashkil etish,
bolalarni sport turlariga jalb etish hamda saralash va ular bilan mashg`ulotlar tashkil
etish talablari nazariy mashg`ulotlarda o`rgatiladi. Jismoniy mashqlar va sport bilan
mustaqil shug`ullanishda jarohatlanishni oldini olish, birinchi tibbiy yordam
ko`rsatish qoidalari, organizmning funktsiyalarini jismoniy tarbiya ta'sirida
rivojlanishi hamda jismoniy rivojlanishni tibbiy nazorat qilish shartlari ham ma'ruza
va seminar mashg`ulotlari davomida muhokama qilinadi. Nazariy fanlar bo`yicha
talabalar bilimi testlar va og`zaki savollar va yozma ishlar bilan nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |