Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 7,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/270
Sana22.07.2021
Hajmi7,1 Mb.
#125818
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   270
Bog'liq
Jismoniy umk

CHaqqonlikni  tarbiyalash.  CHaqqonlik  bir  qancha  ko‘rsatkichlar  bilan 
aniqlanishi sababli yagona ta’rifga ega emas. 
Har  qanday  harakat  biror  bir  aniq  vazifani  hal  qilishga  qaratilgan  bo‘ladi: 
mumkin  qadar  balandroq  sakrash;  to‘pga  zarba  berish;  to‘pni  uzatish  va  boshqalar. 
Harakat vazifasining murakkabligi ketma-ket bajariladigan harakatlarning uyg‘unligi 
bilan belgilanadi. Harakatlarning koordinatsion murakkabligi chaqqonlikning birinchi 
mezoni hisoblanadi.
10
 
Agar  harakat  etarli  darajada  aniq  bo‘lsa,  harakat  vazifasi  bajariladi. 
Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovi hisoblanadi. 
Agar  shug‘ullanuvchi  o‘zi  uchun  yangi  harakatlarni  tezda  bajara  olsa,  ushbu 
harakatlarni  o‘zlashtirib  olishga  ko‘proq  vaqt  ketkazgan  shug‘ullanuvchiga  nisbatan 
chaqqonroq  hisoblanadi.  SHuning  uchun  harakatlarni  o‘zlashtirib  olishga 
sarflanadigan 
vaqt 
chaqqonlik 
ko‘rsatkichlaridan  biri  bo‘lishi  mumkin. 
YUqoridagilarni  hisobga  olib,  chaqqonlikni  yangi  harakatlarni  tezda  o‘zlashtirib 
olish, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq ravishda 
tezda qayta qurish qobiliyati deb atash mumkin bo‘ladi. 
CHaqqonlikni  tarbiyalash  koordinatsion  jihatdan  murakkab  harakatlarni 
o‘zlashtirib olish, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgargan sharoit talablariga muvofiq 
ravishda  qayta  qurish  qobiliyatini  tarbiyalashdan  iborat.  Bunda  muvozanat  saqlash, 
galma-gal  zo‘r  berish  va  bo‘shashtirish  harakatlarini  tanlab  takomillashtirish  muhim 
ahamiyatga ega. 
CHaqqonlikni  tarbiyalashning  asosiy  yo‘li  yangi  xilma-xil  harakat  ko‘nikma 
va  malakalarini  o‘rganib  olishdir.  Bu  harakat  zaxiralarining  ortib  borishi  va  harakat 
analizatorining  funksional  imkoniyatlariga  samarali  ta’sir  etadi.  YAngi  harakatlarga 
o‘rgatishning  uzluksiz  bo‘lishi  tavsiya  etiladi.  CHunki  shug‘ullanuvchilar  yangi 
harakatlarga muntazam o‘rgatib borilmasa, harakatlarga o‘rganish qobiliyati pasayib 
ketadi. 
                                                           
10
 
Pittera C, Pedata.P., Pasqualone P. Voleyboll for 11-14 years. 2010. 340 p. 


Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq ravishda qayta qurish qobiliyati 
sifatidagi  chaqqonlikni  tarbiyalash  uchun  to‘satdan  o‘zgargan  sharoitdagi  ta’sirlarga 
darhol  javob  berish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  mashqlar  qo‘llaniladi.  CHaqqonlikni 
rivojlantirishga qaratilgan mashqlar nisbatan tez charchashga olib keladi. Ayni paytda 
esa  bu  mashqlarning  bajarilishi  mushaklarning  nihoyatda  aniq  sezib  turishini  talab 
etadi va charchash sodir bo‘lganda kam samara beradi. SHuning uchun chaqqonlikni 
tarbiyalashda dam olish oraliqlari to‘liq tiklanish uchun etarli bo‘lishi lozim. 
Bazaviy  sport  turlarida  muvozanat  saqlash  va  uni  tarbiyalashga  alohida 
e’tibor qaratiladi. 
Muvozanat  deganda  gavdani  turg‘un  bir  holatda  saqlash  qobiliyati 
tushuniladi.  Bazaviy  sport  turlarida  muvozanatni  saqlash  statik  (deyarli  harakatsiz 
muvozanat) va dinamik (harakat vaqtidagi muvozanat) bo‘lishi mumkin. Muvozanat 
funksiyasi  qanchalik  takomillashgan  bo‘lsa,  u  muvozanatni  shunchalik  tez  tiklab 
oladi, unda tebranish amplitudasi shunchalik kichik bo‘ladi. 
Muvozanat  saqlashni  ikkita  asosiy  yo‘l  bilan  tarbiyalash  mumkin.  Birinchisi 
muvozanat 
saqlash 
mashqlarini 
qo‘llash, 
ya’ni 
muvozanat 
saqlashni 
qiyinlashtiradigan  sharoitlardagi  mashqlar  va  holatlar.  Ikkinchi  yo‘l  muvozanat 
(vestibulyar  va  harakat  muavozanati)  yo‘qolmasligini  ta’minlovchi  analizatorlarni 
tanlab  takomillashtirishga  asoslangan.  Vestibular  funksiyani  takomillashtirish  uchun 
to‘g‘ri  chiziqli  va  burchakli  tezlanishlar  bilan  bajariladigan  mashqlardan 
foydalaniladi. 
 

Download 7,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish