SHtanga, qadoq toshlar (16, 24, 32 kg) va yig‘ma gantellar. Kuch,
sakrovchanlik, tezkorlik-kuch va sakrovchanlik-chidamliligi, kuch-chidamliliklarini
rivojlantirishda keng qo‘llaniladi.
Mashg‘ulotlarda yuqorida sanab o‘tilgan asbob-anjom, qurilmalardan tashqari
tennis koptoklari (oddiy va og‘irlashtirilgan), rezinkalar, prujinali espanderlar,
og‘irlashtirilgan belbog‘lar, oyoq va qo‘lning qismlariga taqiladigan og‘irlashtirilgan
bog‘lamlar va boshqa turdagi asbob-anjom, qurilma, jihozlardan ham foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |