5.2.7-rasm. qopqoqli qoplama cho`ntakni tikish.
NAZORAT SAVOLLARI :
1. Qirqma cho`ntaklarning qanday turlari bor?
2. Kiyim chokida qanday cho`ntaklar bo`ladi?
3. Qoplama cho`ntaklar atrofiga qanday ishlov beriladi?
4. Qoplama cho`ntak asosiy detalga qanday usullar bilan ulanadi?
TAYANCH IBORALAR:
78
Cho`ntak, listochka, beyka, cho`ntak qopqoq, cho`ntak xalta, qotirma, mag`iz, ramka,
bo`ylama.
MA`RUZA № 12
AYOLLAR VA ERKAKLAR KO`YLAKLARI TAQILMALARINI TIKISH
REJA:
1. Ko`ylak etagigacha tushadigan taqildmalarni tikish.
2. Ko`ylak chokidagi taqilmalarni tikish
3. Ko`ylak yaxlit detalidagi taqilmalarni tikish.
ADABIYOTLAR:
1. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi", T., "O`zbekiston", 1994.
2. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi", T., "O`qituvchi", 1989.
3. G.K.Kulidjanova, S.S.Musaev "Yеngil sanoat mahsulotlari texnologiyasi", T.,"G`afur
G`ulom", 2002.
Ayollar, qizlar ko`ylagining yyenglarida, ko`krak qismida, yubkalarida, erkaklar va o`g`il
bolalar ko`ylagining yyenglarida va ko`krak qismida taqilma bo`lishi mumkin.
Kesimi ko`ylakning etagigacha tushadigan (ayollar xalatida, erkaklar kuylagida), kiyim chokida,
yubkalarning yon va orqa chokida va yaxlit detallarda (ayollar ko`ylagi va bluzkalarida, erkaklar
sarochkalarining old qismida) taqilmalar bo`ladi.
Kesimi ko`ylak etagigacha tushadigan taqilmalarga: old bo`lak bilan yaxlit bichilgan
bortlar (a), bostirma qopqoqli bortlar (b), ulanma qopqoqli bortlar (v), yaxlit bichilgan qopqoqli
bortlar (g), bezak detallar (to`r, tasmalar) bilan tikilgan bortlar (d), adip qo`yib tikilgan bortlar (e)
va adipi old bo`lak bilan yaxlit bichilgan bortlar kiradi (5.3.1-rasm,jR ).
Bortga adip qo`yib tikishda, adip uloqli bo`lsa, oldin uning uloqlari 0,7sm. kenglikdagi bi-
riktirma chok bilan ulab olinadi. Ko`ylak yupqa gazlamadan tikiladigan bo`lsa, adip uloqsiz
bo`ladi. Chok dazmollanadi. Adipning ichki qirqimi gazlama turiga qarab har xil tikilishi mum-
kin. Adipning ichki qirqimi maxsus buklagich moslama yordamida yopiq qirqimli qilib bukib ti-
kilgan yoki maxsus mashinada yo`rmalangan bo`lishi mumkin. Adipga yelimli yoki yelimsiz qotir-
ma qo`yilishi mumkin. Bunda yelim qotirma adipning ichki qirqimlariga 0,7-1,0sm, bort qirqim-
lariga 0,5-0,6 sm. etmasligi kerak. Tayyorlangan adip bilan old bo`lak o`ngini ichkariga qaratib
qo`yiladi va adip qaytarmasi burchaklarida va izmalar orasida solqi hosil qilib ko`klanadi. Bort
79
old bo`lak tomonidan, ag`darma chok bilan yoqa o`tqaziladigan joydan kertmagacha tikiladi. Bort-
ning burchaklaridagi chok haqi qirqiladi, o`ngiga ag`dariladi va bortdan 0,1-0,2 sm. kant hosil qi-
lib dazmollanadi (e).
Adipi old bo`lak bilan yaxlit bichilgan bortlarni tikishda, old bo`laklar o`rtasini belgilovchi
chiziq yoki kertmalar qo`yiladi . Yaxlit adipning ichki qirqimlari alohida qirqilgan adipday tikiladi.
Bort belgi chiziq bo`yicha bukilib, yuqori va pastki bort burchaklari ag`darma chok bilan tikiladi,
chok haqi qirqiladi va o`ngi tomonga ag`darib, dazmollanadi (j).
Kiyim chokidagi taqilmalar ayollar ko`ylagining orqa bo`lagi chokida, yubkalar yon va
orqa bo`lagi o`rta chokida ishlov berilishi mumkin. Bunda taqilma uchun qoldirilgan haq material
xususiyatiga bog`liq bo`lib, chok haqidan kam bo`lmasligi kerak (5.3.1-rasm, z).
Do'stlaringiz bilan baham: |