80
Ustki va ostki qopqoqni kiyim old bo`lagi kesimining qirqimiga biriktirma chok bilan
tikiladi. Chok haqi qopqoq tomonga to`g`rilanib, dazmollanadi. Ustki tomoni o`ngi ichkariga
qaratilib bukiladi va belgi chiziqlariga moslab burchaklari ag`darma chok bilan tikiladi, burchaklar
o`ngiga ag`dariladi, qirqimlari ichkariga 0,5-0,7sm ga bukiladi. Ostki qopqoq chokni 0,1- 0,2 sm
yopib, bukilgan ziydan 0,1sm kenglikda bostirib tikiladi). Ustki qopqoq detal o`ngiga o`tqazilib,
ziyidan bostirib tikiladi. Ochiq qirqimi va pastki uchi ichkariga 0,5-0,7sm buklanib, bostirib
tikiladi. Oxiri ko`ndalang baxyaqator yuritib puxtalanadi (5.3.2-rasm, a).
Do'stlaringiz bilan baham: