NAZORAT SAVOLLARI:
1. Kiyim tikishda astar va isituvchi qatlam qanday rol o`ynaydi?
2. Astar va isituvchi qatlam uchun ishlatiladigan gazlamalar qanday xususiyatlarga ega bo`lishi
kerak?
3. Yelka tagliklari nima uchun ishlatiladi va yeng o`miziga qanday ulanadi?
4. Astar kiyim etagiga qanday usullar bilan ulanadi?
5. Tugmalanadigan isituvchi qatlam qanday tayyorlanadi?
TAYANCH IBORALAR:
Astar, isituvchi qatlam, yelka taglik, avra, kiyim, qiyami taglik, vatin, sintepon.
MA`RUZA № 26
KIYIM DETALLARIGA ISHLOV BERISHNI KOMPLEKS
MEXANIZASIYALASHTIRISH VA AVTOMATLASHTIRISH
REJA:
1.Tikuvchilik ishlab chiqarishida mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish.
ADABIYOTLAR:
1. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi", T., "O`zbekiston", 1994.
2. G.K.Kulidjanova, S.S.Musaev "Yеngil sanoat maxsulotlari texnollogiyasi", T.,"G`afur G`ulom",
2002.
3. П.П. Кокеткин, Г.Т. Кочегура, «Промышленная технология одежды». Справочник
M. «Легпромбытиздат», 1988.
139
Tikuvchilik ishlab chiqarishida mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish yo`nalishini
belgilashda hamma tur ishlar uchun va hamma xil buyumlar tikish uchun birdek yaraydigan
tavsiyalar berib bo`lmaydi. Chunki ishlab chiqarish texnologiya jihatdangina emas, balki mazmuni
va vazifasi jihatdan ham nihoyatda murakkabdir. Kiyim turlari doimo va uzluksiz yangilanib turadi.
Har yili sanoatning bu tarmog`ida bichimi va fasoni xilma-xil bo`lgan minglab yangi modellar
ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Kiyimning asosiy boshlang`ich materiali bo`lgan gazlamalar ham
faqat struktura, tashqi ko`rinish va rang-baranglik jihatdangina emas, balki xususiyat va tola
jihatidan ham to`xtovsiz o`zgarib turadi.
Tikuvchilik ishlab chiqarishida hozir tayyorlov va bichish uchastkalarida gazlamalarni
javonlarga ko`tarib qo`yib saqlash mexanizatsiyalashtirilmoqda, gazlama bo`yi va enini aniq
o`lchaydigan yangi nuqsonlov-o`lchov mashinalari joriy qilinmokda.
Zamonaviy hisoblash mashinalari ishlatila boshlanishi natijasida konstruksiyalashni
matematika asosida rivojlantirib, elektronikadan foydalanish mumkin bo`ldi. Shu yo`l bilan
andazalarni ko`paytirish, andaza joylashmalarni kerakli masshtabda tayyorlab berish, bo`rlamasiz
(plazma yoyi, lazer nuri bilan) bichish kabi ishlar bajarilmoqda.
Ayollar ich kiyimi, erkaklar va bolalar ko`ylagi, shim, bosh kiyim, maxsus ish kiyimi
kabilarni bichishda o`yib olish uskunalari joriy qilinmoqda. Rotatsion presslarda uzluksiz o`tib tu-
radigan gazlamalardan detallarni o`yib olish keng miqyosda ishlatilmoqda. Bunda parallel ketma-
ket ishlov berish usulidan foydalanilmoqda
To`shamalarni qirqishda detallarni ortiqchasiz aniq qirqishdagina emas, balki to`shamalarni
bo`laklab qirqishda ham mashinalardan maksimal foydalanish yo`li bilan to`shama qirqish
pritsipini takomillashtirish kerak.
Tikuvchilikni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun quyidagi ishlar
qilinmokda:
- yordamchi va qo`lda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirishini ta`minlaydigan maxsus mex-
anizmlar joriy qilish;
- montaj uchastkalarini bir yo’la bir qancha operasiya bajaradigan yarim avtomatlar bilan uskuna-
lash (Masalan, chok solish bilan bir vaqtda chokning chetini yo`rmalaydigan 797, 1097, 408 kl.
mashinalarini, detallarni ag`darma chok bilan tikadigan 360 kl. yarim avtomatlarini ko`proq ish-
latish);
- bichiq detallarini tikish mashinasi zonasiga etkazib beradigan, tikilgan detalni mashinadan olib
keyingi operasiyaga yoki pachkalash joyiga o`tkazib beradigan avtomat mexanizmlar ishlab chi-
qish;
- detallarni bir biriga ulash jarayonida chalafabrikatlarni belgilangan programma bo`yicha,
operatorni ishtirokisiz avtomatik so`rib beradigan mexanizmlar ishlab chiqish;
140
- kiyim detallarini kasetalarda kerakli shaklga kiritish usullarini ishlab chiqarish;
- presslash operasiyalarini programmalashning refleksli sxemalarini ishlatish;
- rulon holidagi gazlamalarni to`g`ridan-to`g`ri tikaveradigan mashinalar uchun texnologiya
usulini topib, shu asosda shunday mashinalarga moslamalar va agregat uzellarini ishlab chiqish;
- bir necha operasiyani birlashtirib (masalan, old bo`laklarni adipga va bort qotirmasiga bir vaqtda
ulash) bajarish;
- kiyim detallarini kassetalarda kerakli shaklga kiritish usullarini ishlab chiqish;
- namlab-issitib ishlash rejimini avtomatlashtirish.
Nihoyatda muhim vazifalardan biri namlab-isitib ishlash rejimini avtomatlashtirishdir. Bu
sohada ko`pgina ishlar qilingan, lekin ularning hammasi talab qilingancha darajada deb bo`lmaydi.
Dazmollash uskunalari ish organlarining harorat rejimini tartibga solib turish avtomatlashtirilgan,
dazmollanayotgan chalafabrikatning harorat rejimini tartibga solib turishni avtomatlashtirish esa
endi boshlangan. Namlash uchun qancha suv purkash lozimligini belgilash sistemasi va bosimni
butun yuza bo`ylab tekis taqsimlash sistemasi unchalik avtomatlashtirilgan emas. Lekin bug` bilan
namlaydigan presslarda esa namlik aniq va keraklicha taqsimlanadi.
So`nggi konstruksiyadagi dazmollash presslarida presslash, ma`lum vaqt kutib turish, nam-
lash, quritish, sovutish operasiyalari va pressning ish organlari harakatini programmalaydigan ko-
manda apparatlari mavjud.
Presslash operasiyalarini programmalashning refleksli sxemalarini ishlatish, ya`ni vaqtda
mo`ljal olib komandalar berish yo`li bilan emas, balki qaysi jarayon qanday o`tayotganini bildirib
turadigan xilma-xil datchiklar ko`rsatishiga qarab komandalar berish yo`li bilan jarayonni
boshqarish yuzasidan ham ma`lum darajada tadqiqotlar olib borilmoqda.
Chalafabrikatning igna tagiga surilib turishini, uni mashinaga etkazib turishni, mashinada
detalni to`g`ri yo`naltirib turishni va tikib bo`lingan detalni mashinadan olishni mexanizatsiya-
lashtirish jiddiy vazifalardan hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda palto, erkaklar kostyumi va ko`ylagi kabi kiyimlarning asosiy uzellarini ti-
kish va montaj qilish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va qisman avtomatlashtirish negizida
yuqori unumli oqimlar ishlab chiqilmokda.
Moskva to`qimachilik institutning ko`p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari olib berishi natijasida
ustki kiyimlarning (erkaklar kostyumi, paltolar) takomillashtirilgan konstruksiyalari yaratilgan. Bu-
lar cheti choksiz yoqa va bortlar, old chokisiz yyenglar, yon chokisiz shimlardir. Bundan tashqari
takomillashtirilgan konstruksiyali bortlar, yyenglar, yoqa va shimlarni tikish va yig`ish uchun ji-
hozlarni loyixalash topshiriqlari ishlab chiqilgan.
Kurtka va plashlar ishlab chiqaradigan oqim uchun quyidagi jihozlarni :
141
Astar bilan isituvchi qatlamni qavish uchun Italiya "Meka" firmasining ko`p ignali KS 122
ESO kl. mashinasini, cho`ntak qopqoq va xlyastiklarni ag`darma chok bilan tikish uchun Yaponiya
" Djukki" firmasining ASD -595550 kl. mashinasini, chok boshi va oxirini puxtalaydigan, iplarini
kesib avtomatik to`xtaydigan Germaniya " Dyurkopp" firmasining 291-164062 va 219-115156 kl.
universal mashinalarini, avra qirqimlarini tikadigan "Dyurkopp" firmasining DAR-6--345-1 kl.
yarim avtomatini, izma yo`rmalash uchun "Dyurkopp" firmasining 556-1101 va tugma qadash
uchun 564-30G`02-15 kl. yarim avtomatlarini, detallariga qotirmalarni yopishtirish uchun Ger-
maniya "Mayer" firmasining RRR-1400 markali, Frantsiya " SHtoko" firmasining VP - 5021
markali presslarini taklif etish mumkin.
Bundan tashqari ustki kiyimlarni tikish uchun CHexoslovakiya "Minerva" firmasining
335-111 kl. va Germaniya "Pfaff" firmasining 417-706/82-6/61-900/51 V kl. siniq baxyaqatorli
mashinalarini, bezak baxyaqator solish uchun "Dyurkopp" firmasining 294-184082kl., 243 kl. va
bostirma chok solish uchun shu firmaning 292-163061 kl. mashinalarini, kashta tikish uchun Ya-
poniya "Djukki" firmasining MSM - 170 - 272 kl. yarim avtomatini, erkaklar pidjagining qirqma
cho`ntaklarni tikish uchun "Dyurkopp" firmasining 238-213105 kl., 745-4-21 kl. yarim
avtomatlarini, yengni o`mizga qiyama qismiga solqilar hosil qilib o`tqazish uchun shu firmaning
541 kl. maxsus mashinasini, ort bo`lagi o`rta qirqimini tikish uchun, adip qirqimlariga astarni
ulash uchun, yyenglarning avra va astarining old qirqimlarini bir yo’la biriktirib tikish uchun Ger-
maniya "Pfaff" firmasining 5487-814/01-706/82-6/41 BS ikki ipli zanjirsimon baxyali mashinasini
qo`llash mumkin.
" Dyurkopp" firmasining detallarni bir-biriga ko`klash uchun 547 kl., ziylarini ko`klash uchun
Germaniya "STROBEL" firmasining 530 F kl. maxsus ziy ko`klash mashinalari , erkaklar shimi
yon, og` va pochasi qirqimlarini yo`rmalash uchun Italiya " Rimol'di" firmasining 697 kl. va Ger-
maniya "Mauzer spetsial'" firmasining 9632-420/15213-17x S 301 kl. yo`rmalash mashinalari,
shim yuqori qirqimiga belbog`ni ulash uchun " Dyukopp" firmasining 238 N -100 kl., shim
pochasini tikish uchun " STROBEL" firmasining yashirin baxyali 45-260 kl., shim o`rta qirqimini
tikish uchun "Djukki" firmasining MN-481-4 kl. ikki ipli zanjirsimon baxyali mashinasi va "Pfaff"
firmasining 5487-814/01-706/82-6/41 BS kl. mashinasi, gulfikni shim old bo`lagiga ulash uchun
"Pfaff" firmasining 483-6/02-900/01 BS mashinalari mavjud.
Pidjak yenglari old choklarini dazmollash uchun Germaniya "Test" firmasi ARMRL-1S
pressini, bortlari, yoqasi va adip qaytarmalariga kerakli shakl berish uchun "Test" firmasi KTRL-
8S pressini va Frantsiya "Lemer" firmasining VSL pressini, old bo`lak cho`ntaklarini dazmollash
uchun "Test" firmasi SVDS pressini, shim o`rta chokini dazmollash uchun "Test" firmasi BTARP
dazmollash stolini, yyenglarni dazmollash uchun "Lemer" firmasi EPMA-17 pressini, shimning yon
va orqa qismlarini dazmollash uchun Germaniya "Goffman" firmasi XR-2A-08-18-016 presslarini
142
yaratganlar. Bunday yuqori unumli jihozlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo`llash maqsadga
muvofiqdir.
Ayollar ko`ylagini tikishda Yaponiya "Djukki" firmasining DDL 555-5-4V/ 210-AK-2 kl.,
Germaniya "Dyurkopp" firmasining 272-140042-E2 kl., Italiya " Nekki" firmasining 885-651 kl.
universal mashinalarini, detal qirqimlarini tikib, bir yo’la ostki detalda solqilar hosil qilish uchun
Germaniya "Pfaff" firmasining 489/6/01-900/99-918/15-911/95 BSN 46 kl. mashinasini, yyenglar-
ni qiyama qismida solqilar hosil qilib o`tqazish uchun "Pfaff" firmasining 9732-542 FD 2/16-453
KN 211 A/OS 5x5 kl mashinalarini qo`llash tikiladigan ko`ylak sifatini yaxshilashga imkon beradi.
Erkaklar ko`ylagini tikishda: koketkani orqa bo`lak yuqori qirqimiga bostirib tikish uchun
Yaponiyaning "Djukki" firmasi DLN 415-5 kl. mashinasini, qoplama cho`ntakni old bo`lakka
bostirib tikish uchun Germaniyaning "Adler" firmasi 804-2/0 kl. yarim avtomatini, yeng uchiga
manjetni bostirib tikish uchun Yaponiyaning "Djukki" firmasi MS-210 kl. mashinalarini yaratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |