Texnologiyasi instituti



Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/151
Sana21.07.2021
Hajmi2,33 Mb.
#125521
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi

NAZORAT  SAVOLLARI: 
       1.  Kiyim tikishda astar va isituvchi qatlam qanday rol o`ynaydi? 
        2. Astar va isituvchi qatlam uchun ishlatiladigan gazlamalar qanday xususiyatlarga ega bo`lishi 
kerak? 
        3. Yelka tagliklari nima uchun ishlatiladi va yeng o`miziga qanday ulanadi? 
        4. Astar kiyim etagiga qanday usullar bilan ulanadi? 
        5. Tugmalanadigan isituvchi qatlam qanday tayyorlanadi? 
 
TAYANCH  IBORALAR: 
             Astar,  isituvchi qatlam, yelka taglik, avra, kiyim, qiyami taglik, vatin, sintepon.  
 
 
 
 
 
 
 
MA`RUZA  № 26 
KIYIM   DETALLARIGA  ISHLOV BERISHNI  KOMPLEKS 
MEXANIZASIYALASHTIRISH  VA  AVTOMATLASHTIRISH 
REJA: 
 1.Tikuvchilik ishlab chiqarishida mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish.  
ADABIYOTLAR: 
1. M.Sh.Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi", T., "O`zbekiston", 1994. 
2. G.K.Kulidjanova, S.S.Musaev  "Yеngil sanoat maxsulotlari texnollogiyasi", T.,"G`afur G`ulom", 
2002. 
3. П.П. Кокеткин, Г.Т. Кочегура,   «Промышленная технология  одежды». Справочник   
    M. «Легпромбытиздат», 1988. 


 
139 
 
Tikuvchilik    ishlab  chiqarishida  mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish  yo`nalishini 
belgilashda  hamma  tur  ishlar  uchun    va  hamma  xil  buyumlar  tikish  uchun  birdek  yaraydigan 
tavsiyalar berib bo`lmaydi. Chunki ishlab chiqarish texnologiya jihatdangina emas, balki mazmuni 
va vazifasi jihatdan ham nihoyatda murakkabdir. Kiyim turlari doimo va uzluksiz yangilanib turadi. 
Har  yili  sanoatning  bu  tarmog`ida  bichimi  va  fasoni  xilma-xil  bo`lgan  minglab  yangi  modellar 
ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Kiyimning asosiy boshlang`ich materiali bo`lgan gazlamalar ham 
faqat  struktura,  tashqi  ko`rinish  va  rang-baranglik  jihatdangina  emas,  balki  xususiyat  va  tola 
jihatidan ham to`xtovsiz o`zgarib turadi. 
 
Tikuvchilik  ishlab  chiqarishida  hozir  tayyorlov  va  bichish  uchastkalarida  gazlamalarni 
javonlarga  ko`tarib  qo`yib  saqlash    mexanizatsiyalashtirilmoqda,  gazlama  bo`yi  va  enini  aniq  
o`lchaydigan yangi nuqsonlov-o`lchov mashinalari joriy qilinmokda. 
 
Zamonaviy  hisoblash  mashinalari  ishlatila  boshlanishi  natijasida    konstruksiyalashni 
matematika  asosida    rivojlantirib,  elektronikadan  foydalanish  mumkin  bo`ldi.  Shu  yo`l  bilan  
andazalarni  ko`paytirish,  andaza  joylashmalarni  kerakli  masshtabda  tayyorlab  berish,  bo`rlamasiz 
(plazma yoyi, lazer nuri bilan) bichish  kabi ishlar bajarilmoqda. 
Ayollar  ich  kiyimi,  erkaklar  va  bolalar  ko`ylagi,  shim,  bosh  kiyim,  maxsus  ish  kiyimi 
kabilarni bichishda o`yib olish uskunalari joriy qilinmoqda. Rotatsion presslarda uzluksiz o`tib tu-
radigan  gazlamalardan  detallarni  o`yib  olish  keng  miqyosda  ishlatilmoqda.  Bunda  parallel  ketma-
ket ishlov berish usulidan foydalanilmoqda 
 
To`shamalarni qirqishda detallarni ortiqchasiz aniq qirqishdagina emas, balki to`shamalarni 
bo`laklab  qirqishda    ham  mashinalardan  maksimal  foydalanish  yo`li  bilan    to`shama  qirqish 
pritsipini takomillashtirish kerak. 
 
Tikuvchilikni  kompleks  mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish  uchun  quyidagi  ishlar 
qilinmokda: 
-  yordamchi  va  qo`lda  bajariladigan  ishlarni  avtomatlashtirishini  ta`minlaydigan  maxsus  mex-
anizmlar joriy qilish;  
-  montaj uchastkalarini bir yo’la bir qancha operasiya bajaradigan yarim avtomatlar bilan uskuna-
lash (Masalan, chok solish bilan  bir vaqtda chokning chetini yo`rmalaydigan 797, 1097, 408 kl. 
mashinalarini, detallarni ag`darma chok bilan tikadigan 360 kl. yarim avtomatlarini ko`proq ish-
latish); 
-  bichiq  detallarini  tikish  mashinasi  zonasiga  etkazib  beradigan,  tikilgan  detalni  mashinadan  olib 
keyingi operasiyaga yoki pachkalash joyiga o`tkazib beradigan avtomat mexanizmlar ishlab chi-
qish; 
-  detallarni bir biriga ulash jarayonida chalafabrikatlarni belgilangan  programma bo`yicha,   
    operatorni ishtirokisiz avtomatik so`rib beradigan mexanizmlar  ishlab chiqish


 
140 
-  kiyim detallarini kasetalarda kerakli shaklga kiritish usullarini ishlab chiqarish; 
-  presslash operasiyalarini programmalashning refleksli sxemalarini ishlatish
-  rulon holidagi gazlamalarni to`g`ridan-to`g`ri tikaveradigan mashinalar uchun texnologiya  
    usulini topib, shu asosda shunday mashinalarga moslamalar va agregat uzellarini ishlab chiqish; 
-  bir necha operasiyani birlashtirib (masalan, old bo`laklarni adipga va bort qotirmasiga bir vaqtda  
     ulash) bajarish; 
-  kiyim detallarini kassetalarda kerakli shaklga  kiritish usullarini ishlab chiqish;  
-  namlab-issitib ishlash rejimini avtomatlashtirish. 
Nihoyatda  muhim  vazifalardan    biri  namlab-isitib  ishlash  rejimini  avtomatlashtirishdir.  Bu 
sohada ko`pgina ishlar qilingan, lekin ularning hammasi talab qilingancha  darajada deb bo`lmaydi. 
Dazmollash  uskunalari  ish  organlarining  harorat  rejimini  tartibga  solib  turish  avtomatlashtirilgan, 
dazmollanayotgan  chalafabrikatning  harorat  rejimini  tartibga  solib  turishni    avtomatlashtirish  esa 
endi  boshlangan.  Namlash  uchun  qancha  suv  purkash  lozimligini  belgilash  sistemasi  va  bosimni 
butun yuza bo`ylab tekis taqsimlash sistemasi unchalik avtomatlashtirilgan emas. Lekin bug` bilan 
namlaydigan presslarda esa namlik aniq va keraklicha taqsimlanadi. 
So`nggi konstruksiyadagi dazmollash presslarida presslash, ma`lum vaqt kutib turish, nam-
lash,  quritish,  sovutish  operasiyalari  va  pressning  ish  organlari  harakatini  programmalaydigan  ko-
manda apparatlari mavjud. 
 
Presslash  operasiyalarini  programmalashning  refleksli  sxemalarini  ishlatish,  ya`ni  vaqtda 
mo`ljal  olib komandalar  berish  yo`li  bilan emas,  balki qaysi  jarayon qanday o`tayotganini bildirib 
turadigan  xilma-xil  datchiklar  ko`rsatishiga  qarab  komandalar  berish  yo`li  bilan  jarayonni 
boshqarish yuzasidan ham ma`lum darajada tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Chalafabrikatning  igna  tagiga  surilib  turishini,  uni  mashinaga  etkazib  turishni,  mashinada 
detalni  to`g`ri  yo`naltirib  turishni  va  tikib  bo`lingan  detalni  mashinadan  olishni  mexanizatsiya-
lashtirish jiddiy vazifalardan hisoblanadi. 
Hozirgi  vaqtda  palto,  erkaklar  kostyumi  va  ko`ylagi  kabi  kiyimlarning  asosiy  uzellarini  ti-
kish  va  montaj  qilish  jarayonlarini  mexanizatsiyalashtirish  va  qisman  avtomatlashtirish  negizida 
yuqori unumli oqimlar ishlab chiqilmokda.  
Moskva  to`qimachilik  institutning  ko`p  yillik  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib  berishi  natijasida 
ustki kiyimlarning (erkaklar kostyumi, paltolar) takomillashtirilgan konstruksiyalari yaratilgan. Bu-
lar cheti choksiz  yoqa va bortlar, old  chokisiz  yyenglar,  yon chokisiz shimlardir. Bundan tashqari 
takomillashtirilgan  konstruksiyali  bortlar,  yyenglar,  yoqa  va  shimlarni    tikish  va  yig`ish  uchun  ji-
hozlarni loyixalash topshiriqlari ishlab chiqilgan. 
Kurtka va plashlar ishlab chiqaradigan oqim uchun quyidagi jihozlarni : 


 
141 
Astar bilan isituvchi qatlamni qavish uchun Italiya "Meka" firmasining ko`p ignali KS 122 
ESO kl. mashinasini,  cho`ntak qopqoq va xlyastiklarni ag`darma chok bilan tikish uchun Yaponiya  
" Djukki" firmasining  ASD -595550 kl. mashinasini, chok boshi va oxirini puxtalaydigan, iplarini 
kesib avtomatik to`xtaydigan Germaniya " Dyurkopp" firmasining 291-164062  va  219-115156 kl. 
universal  mashinalarini,   avra    qirqimlarini   tikadigan "Dyurkopp"  firmasining DAR-6--345-1 kl. 
yarim  avtomatini,  izma  yo`rmalash  uchun  "Dyurkopp"  firmasining  556-1101  va  tugma  qadash 
uchun  564-30G`02-15  kl.  yarim  avtomatlarini,    detallariga  qotirmalarni  yopishtirish  uchun    Ger-
maniya  "Mayer"  firmasining    RRR-1400  markali,  Frantsiya  "  SHtoko"  firmasining  VP  -  5021 
markali presslarini taklif etish mumkin. 
 
Bundan  tashqari    ustki  kiyimlarni  tikish  uchun  CHexoslovakiya  "Minerva"  firmasining          
335-111  kl.  va  Germaniya  "Pfaff"  firmasining  417-706/82-6/61-900/51  V  kl.  siniq  baxyaqatorli 
mashinalarini, bezak baxyaqator solish uchun  "Dyurkopp" firmasining 294-184082kl.,  243 kl. va 
bostirma chok solish uchun  shu firmaning 292-163061 kl. mashinalarini, kashta tikish uchun Ya-
poniya "Djukki" firmasining  MSM - 170 - 272 kl.  yarim avtomatini,  erkaklar pidjagining qirqma 
cho`ntaklarni  tikish  uchun  "Dyurkopp"  firmasining  238-213105  kl.,  745-4-21  kl.  yarim 
avtomatlarini,    yengni  o`mizga  qiyama  qismiga  solqilar  hosil  qilib  o`tqazish  uchun  shu  firmaning 
541  kl.  maxsus      mashinasini,  ort  bo`lagi  o`rta  qirqimini  tikish  uchun,  adip  qirqimlariga  astarni 
ulash uchun, yyenglarning avra va astarining old qirqimlarini bir yo’la biriktirib tikish uchun  Ger-
maniya "Pfaff" firmasining 5487-814/01-706/82-6/41 BS ikki ipli zanjirsimon baxyali mashinasini  
qo`llash mumkin. 
  "  Dyurkopp"  firmasining  detallarni  bir-biriga  ko`klash  uchun  547  kl.,  ziylarini  ko`klash  uchun  
Germaniya   "STROBEL" firmasining  530 F kl.  maxsus ziy ko`klash mashinalari , erkaklar shimi 
yon, og` va pochasi qirqimlarini yo`rmalash uchun Italiya " Rimol'di" firmasining 697 kl. va Ger-
maniya  "Mauzer  spetsial'"  firmasining  9632-420/15213-17x  S  301  kl.  yo`rmalash  mashinalari,  
shim  yuqori  qirqimiga  belbog`ni  ulash  uchun  "  Dyukopp"  firmasining  238  N  -100  kl.,  shim 
pochasini  tikish uchun " STROBEL" firmasining yashirin baxyali 45-260 kl., shim o`rta qirqimini 
tikish uchun "Djukki" firmasining MN-481-4 kl. ikki ipli zanjirsimon baxyali mashinasi va "Pfaff" 
firmasining  5487-814/01-706/82-6/41  BS  kl.  mashinasi,  gulfikni  shim  old  bo`lagiga  ulash  uchun 
"Pfaff" firmasining 483-6/02-900/01 BS mashinalari mavjud. 
Pidjak    yenglari  old  choklarini  dazmollash  uchun  Germaniya  "Test"  firmasi  ARMRL-1S 
pressini, bortlari,  yoqasi  va adip qaytarmalariga  kerakli shakl berish uchun "Test" firmasi KTRL-
8S  pressini  va  Frantsiya  "Lemer"  firmasining  VSL  pressini,  old  bo`lak  cho`ntaklarini  dazmollash 
uchun "Test" firmasi SVDS pressini, shim o`rta chokini dazmollash uchun "Test" firmasi BTARP 
dazmollash stolini, yyenglarni dazmollash uchun "Lemer" firmasi EPMA-17 pressini, shimning yon 
va orqa qismlarini dazmollash uchun Germaniya "Goffman" firmasi  XR-2A-08-18-016 presslarini 


 
142 
yaratganlar.  Bunday  yuqori  unumli  jihozlarni    ishlab  chiqarish  korxonalarida  qo`llash  maqsadga 
muvofiqdir.  
Ayollar ko`ylagini tikishda Yaponiya "Djukki"  firmasining  DDL 555-5-4V/ 210-AK-2 kl., 
Germaniya  "Dyurkopp"  firmasining  272-140042-E2  kl.,  Italiya  "  Nekki"  firmasining  885-651  kl. 
universal  mashinalarini,  detal  qirqimlarini  tikib,  bir  yo’la  ostki  detalda  solqilar  hosil  qilish  uchun  
Germaniya "Pfaff" firmasining 489/6/01-900/99-918/15-911/95  BSN 46 kl. mashinasini, yyenglar-
ni qiyama qismida solqilar hosil qilib o`tqazish uchun  "Pfaff" firmasining 9732-542 FD 2/16-453 
KN 211 A/OS 5x5 kl mashinalarini qo`llash tikiladigan ko`ylak sifatini yaxshilashga imkon beradi.  
Erkaklar  ko`ylagini  tikishda:  koketkani  orqa  bo`lak  yuqori  qirqimiga  bostirib  tikish  uchun 
Yaponiyaning    "Djukki"  firmasi  DLN  415-5  kl.  mashinasini,    qoplama  cho`ntakni  old  bo`lakka 
bostirib  tikish  uchun  Germaniyaning  "Adler"  firmasi  804-2/0  kl.  yarim  avtomatini,    yeng  uchiga 
manjetni bostirib tikish uchun Yaponiyaning "Djukki" firmasi MS-210 kl. mashinalarini yaratgan. 

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish