Texnologiyasi instituti


Isituvchi   qatlami  tugmalanadigan kiyimlarni  tikish



Download 2,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/151
Sana21.07.2021
Hajmi2,33 Mb.
#125521
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151
Bog'liq
yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi

Isituvchi   qatlami  tugmalanadigan kiyimlarni  tikish 
 Tugmalanadigan  isituvchi  qatlamning  o`ngi  kiyimning  astariga  qo`yiladigan  gazlamadan 
bo`ladi.  Bunday  isituvchi  qatlam  yengli  yoki  yengsiz  bo`ladi.  Uning  yengi  kiyim  yengidan  5  sm 
kaltaroq,  umumiy  uzunligi  esa  kiyim  etak  uchiga  5-10  sm  etmaydigan  yoki  kiyim  bel  chizig`idan 
20-30 sm pastroq tushadigan bo`ladi.     
 Tugmalanadigan  isituvchi  qatlam  tayyorlash  uchun,  kiyim  astaridan  boshqacha  astarlik 
gazlamadan bichilgan detalning teskarisiga vatin solib,  ustiga doka yopiladi va uzunasiga qaviladi - 
bunda baxyaqatorlar orasi 10 sm. bo`ladi. Andaza qo`yib, detallar to`g`rilab qirqiladi hamda yon va 
yelka qirqimlari biriktirib tikiladi. 
Kiyim astari gazlamasidan bichilgan detal qavilgan astarga solishtirib tekshiriladi va ularn-
ing  o`ngi  bir-biriga  qaratib  qo`yiladi  va  bort  qirqimi,  yoqa  o`mizidagi  ,  etagidagi  belgi  chiziqlar  
to`g`ri keltirilib, asosiy astar tomondan pichoqli mashinada 0,7 sm. kenglikda ag`darma chok bilan 
tikiladi. Ularning yon choklari o`zaro universal mashinada ulanadi. 
Isituvchi  qatlam  yeng  o`mizi  orqali  o`ngiga  ag`dariladi.  Yoqa  o`mizi,  bort  chetlari,  etagi  
ziyidan  kant  hosil  qilib,  ziyidan  0,4  sm.  masofada  baxyaqator  yuritiladi.  Yeng  o`miziga  mag`iz 
qo`yib tikiladi. Ort bo`lak o`rta chokining yoqa o`miziga yaqin joyida va bort chetlari bo`ylab tug-
malar qadaladi. 
Tugmalanadigan isituvchi qatlam yengli bo`lsa, yeng o`mizlariga mag`iz qo`yib tikilmaydi, 
balki yeng o`mizidagi asosiy astar  qavilgan astarga universal  mashinada o`miz qirqimidan 0,5 sm.  
masofada baxyaqator yuritib tikiladi. Keyin isituvchi qatlamning yengi o`tqaziladi. Isituvchi qatlam 


 
138 
yengi uchidan 1 sm. masofada 2 ta  izma  yo`rmalanadi, kiyim  yengiga esa uning ichki tomonidan 
ikkita tugma qadaladi.   
Kiyim adipi old bo`lakka ulanishidan oldin uning ichki qirqimlariga  astar gazlamadan 5 sm. 
kenglikda mag`iz qo`yiladi va 0,4 sm. kenglikda  ag`darma chok bilan ulanadi. Mag`iz adip teska-
risiga  ag`darib o`tkaziladi va adip o`ngidan ag`darma chok yonginasidan bostirib tikiladi.  Adipda  
maxsus mashinada izmalar yo`rmalanadi. 
 

Download 2,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish