www.ziyouz.com kutubxonasi
38
Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Ha, ularni maloikalar do‘zaxga haydab kelishar ekan.
Ularning yuzlari qoraymas ekan, ko‘zlari ko‘karmas ekan, og‘zilari muhrlanmas ekan,
shayton bilan birga olib kelinmas ekan. Ularga temir arqon va zanjirlar solinmas ekan”.
Fotima roziyallohu anho aytdi: “Yo Allohning elchisi! Maloikalar qanday olib keladilar?”
Rasululloh aytdilar: “Erkaklarni soqollari bilan, ayollarni kokillari bilan olib kelishadi.
Ummatimning soch-soqoli oqarganlarining ko‘pchiligi soqollaridan ushlanadi, keyin
do‘zaxga yuboriladi. U baqiradi: “Ey qariligim, ey zaifligim”, deb. Qancha yigitlar
soqollaridan ushlanib, do‘zaxga tashlanadi. Ular yig‘lab baqiradiki: “Ey yoshligim, ey
chiroyli ko‘rkamligim!” deb. Ummatimdan qancha xotinlar peshonalaridan ushlanib,
do‘zaxga haydaladi va baqiradiki: “Ey sharmandaligim!” deb, hattoki ular do‘zaxning
boshlig‘i Molikning oldiga keltirilganlarida, Molik aytar ekan: “Bular kimlar, bularga
o‘xshagan qavm hali mening oldimga kelmagan edi. Bularning yuzlari qora
bo‘lmaganida, ko‘zlari ko‘karmaganidan, og‘zilari berki-tilmagandan, shaytonga
yaqinlashtirilmaganligidan, bo‘yinlarida temir arqon va zanjirlar solinmaganidan
ajablanyapman”. Maloikalar aytishar ekan: “Biz mana bu holatda bularni senga olib
kelishga buyurildik”. Molik aytar ekan: “Ey baxtsizlar jamoasi, kim bo‘lasizlar?” “Xabarda
kelishicha, maloikalar haydab kelishayotganda: “Voh! Muhammado!” deb baqirib
turishar ekan. Molikni ko‘rgandan keyin uning kattaligidan Muhammadning (s.a.v.)
ismlarini unutishar ekan. Molik so‘rar ekan: “Kimsizlar?” Ular: “Bizlar Qur’on tushirilgan
va ramazonlar (ro‘zasi)ni tutganlardanmiz”, deb javob berar ekanlar. Molik aytar ekan:
“Qur’on faqat Muhammadning (s.a.v.) ummatiga tushgan”. Ular Muhammadning (s.a.v.)
ismlarini eshitib, qichqirar ekanlar: “Bizlar Muhammadning (s.a.v.) ummatidanmiz”.
Molik “Qur’onda Alloh taologa gunoh qilishdan qaytarguvchi oyatlar yo‘q edimi?” deydi.
Ularni do‘zaxning chetida to‘xtatishadi. Do‘zaxga va uning xodimlariga qaraydilar va
aytadilar: “Ey Molik, bizga o‘zimizning holimizga yig‘lashga izn bergin!” Ularga ruxsat
beriladi. Ko‘z yoshlarini to‘kishadi. Undan hech narsa qolmagandan keyin qon yig‘lar
ekanlar. Molik aytadi: “Bu qanday ham yaxshi yig‘i bo‘lar edi, agar dunyoda bo‘lganida.
Bas, agar sizlar bu yig‘ini Allohdan qo‘rqib qilganlaringizda edi, bu kunda bu yerda
turmas edingizlar”. Keyin Molik zaboniyalarga: “Ularni do‘zaxga tashlanglar!” deb buyruq
beradi. Shu paytda hammalari: «La ilaha illalloh!» deb baqirishadi. Ulardan do‘zax
qaytadi, so‘ngra Molik aytadi: “Ey do‘zax, ularni olgin”. Do‘zax “Ularni qanday o‘zimga
olayin? Ular: “La ilaha illalloh” deb turibdilar-ku” deydi. Molik aytadiki: “Ha arshning
Egasi buyurdi, olasan ularni”. Ularni o‘ziga olar ekan. Bir xillarini oyoqlaridan, bir xillarini
tizzalaridan, bir xillarini bellaridan, bir xillarini kindigidan olarkan. Do‘zaxning olovi
ularning yuziga yopishsa, Molik: “Ularning yuzlarini yondirmagin, ular bu yuz bilan
Allohga sajda qilganlar, qalblarini yondirmagin, ular ko‘pincha Ramazon oyida chanqoq
bo‘lganlar”. So‘ngra Alloh xohlagancha turishar ekan, aytar ekanlar: “Yo Alloh, yo
Mannon! Rahm qilguvchilarning rahmlirog‘i!” Keyin Alloh taolo hukmini bajargandan
keyin aytadi: “Ey Jabroil! Muhammadning (s.a.v.) gunohkor ummatlari nima qilindi?”
Jabroil: “Alloh o‘zing bilguvchiroqsan ularning ishini”, der. Alloh aytadi: “Borgil, ularning
holiga qaragil!” Jabroil alayhissalom do‘zaxning o‘rtasida o‘tdan qilingan minbarda
o‘tirgan Molikning oldiga jo‘naydi. Molik Jabroilni ko‘rib, o‘rnidan turadi va: “Ey Jabroil!
Nimaga kirdingiz?” deb so‘raydi.
“Muhammadning (s.a.v.) ummatlaridan gunohkorlarini nima qilding?”
Molik: “Ularning ahvollari naqadar yomon, ularning turgan joylari naqadar tor. Ularning
badanlari yondirilyapti, go‘shtlari yeyilyapti, yuzlari, qalblari esa imon bo‘lgani uchun
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |