Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
65. Xabarda rivoyat qilinadi: “Albatta, Alloh taolo maloikalarga aytar ekan: “Do‘stlarimni 
taomlantiringlar!” deb. Turli xil taomlar keltiriladi. Har bir luqmalarida boshqalarida yo‘q 
lazzatni topadilar. Taomdan forig‘ bo‘lishgan bo‘lsalar, “Bandalarimning chanqog‘ini 
qondiringlar!” deydi. Bir ichimliklar keltirishar ekan, har bir ichimlikning ikkinchi 
ichimlikda topilmaydigan lazzati bo‘ladi. Undan ham forig‘ bo‘lsalar, Alloh aytadi: “Men 
sizlarning Rabbingizdirman, sizlarga bergan va’damga sodiq bo‘ldim. Bas, sizlar 
so‘ranglar, bergayman” Aytadilar: “Yo Rabb! Sening roziligingni so‘raymiz!” deya ikki-
uch marta aytishdi, so‘ngra Alloh taolo: “Sizlardan rozi bo‘ldim! Menda ziyoda qilingan 
narsalar bor, bu karomatlarimdan ham kattarog‘i bilan sizlarni bugun ikrom qilgayman!” 
deb hijobni ochadi. Allohga xohlagancha qaraydilar, Unga sajda qilgan holda o‘zlarini 
tashlaydilar. Ular sajdada Alloh taolo xohlagancha bo‘lishadi. Keyin ularga aytadi: 
“Boshlaringizni ko‘taringizlar. Bu joy ibodat qiladigan joy emas!..” Ular jannatdagi 
barcha ne’matlarni unutishadi, bu qarash boshqa ne’matlardan eng yaxshi, sevimli 
bo‘lgani uchun. So‘ng qaytadilar. Arshning ostidan qattiq shamol esib, mushk 
tepaligidagi mushkni ularning boshlariga, otlarining peshonalariga sochadi. Ahllariga 
qaytgandan keyin xotinlari ularni oldin ko‘rgan suratlaridan ham husnli, ajoyib suratda 
ko‘radilar. Ularga aytadilar: “Sizlar oldingi bo‘lganlaringizdan ham ko‘ra yaxshiroq bo‘lib 
qaytdingizlar”. 
 
Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: “Hijobni ko‘tara-di” deganda “hijob” so‘zidan murod 
ularning ustidagi hijobdir. Bu shunday to‘siqdirki, Alloh taolo qarashdan ularni berkitib 
turadi. Ammo “ular qaraydilar” so‘zi ba’zilar aytishgandek, Allohning oldin ko‘rsatmagan 
karomatiga qarashidir. Ko‘p ahli ilmlar: “U zohiriydir, uni kayfiyatsiz va o‘xshatishsiz 
ko‘radilar, dunyoda buni o‘xshatishsiz bilganlaridek”, deganlar. Ikrima aytadi: “Jannat 
ahllari o‘ttiz uch yoshli yigitlar kabidir. Ularning erkagu ayoli bir xil yosh-dadir. Ularning 
bo‘ylari otalari Odam alayhissalomning bo‘ylaridek oltmish gazdir, mo‘ysiz, soqolsiz, 
o‘ttiz uch yoshli yigitlardir. Ularning egnida yetmishta kiyim bo‘ladi, har bir kiyim har 
soatda yetmish rangda tovlanib turadi. Er o‘z aksini xotinining yuzida, ko‘kragida, 
sochida ko‘radi. Xotini ham yuzini erining yuzida, ko‘kragida, sochida ko‘radi. U yerda 
qonlari oqmaydi. Burunlarini qoqmaydilar. Bundan boshqa aziyatlar, ya’ni siydik, axlat 
chiqarishlar bo‘lmaydi”. 
 
66. Xabarda keladi: Agar ahli jannat ayollaridan biri kaftini osmondan chiqarsa, osmon 
va yer orasi nurlanib ketadi. 
 
66
a
. Faqih aytadi: Zayd ibn Arham aytadi: “Ahli kitobdan bir kishi Muhammadga (s.a.v.) 
kelib, ahli jannatlar yeyishadi va ichishadi, deb o‘ylaysanmi?” deb so‘radi. Pay-g‘ambar 
(s.a.v.) aytdilar: “Ha, Muhammadning (s.a.v.) joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ahli 
jannatlarning har biriga yuz kishi yeydigan ovqatning kuchini, yuz kishi ichadigan 
suvning kuchini, yuz kishi jimo’ qiladigan kuchni beradi”. Aytdi: “Yesa, ichsa, unga qazoi 
hojatga rag‘bat bo‘ladi, jannat yaxshi, toza joy, unda aziyatlar bo‘lmaydiku!” 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ularning hojati ter chiqishligidir. U mushkning hidi kabi 
bo‘ladi”. 
 
Faqih aytadi: Mo‘’tab ibn Sami’ Alloh taoloning “ Imon keltirib, yaxshi amallar qilgan 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish