“Ey odam farzandlari! “Shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq
dushmandir, Mengagina ibodat qilingizlar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir!” deb
buyurmaganmidim? Aniqki (shayton) sizlarning ichingizdan ko‘p avlodni
yo‘ldan ozdirdi. Axir aql yurituvchi bo‘lmadingizlarmi? Sizlarga va’da qilingan
jahannam mana shudir! Sizlar (hayoti dunyoda) kofir bo‘lib o‘tganlaringiz
sababli bu Kunda jahannamga kiringizlar” (Yosin, 60-64).
Shunda hamma ummatlar tiz cho‘kadilar, Alloh taoloning qavlida aytiladiki:
“U Kunda barcha ummatni (dahshat va iztirob ila) tiz cho‘kkan holda ko‘rursiz.
Har bir ummat o‘z nomai a’moliga chaqirilur. (So‘ng ularga deyilur): “Bugun
qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar” (Josiya, 28).
Shundan so‘ng Alloh taolo maxluqlari orasida hukm chiqaradi, vahshiy va vahshiy
bo‘lmagan hayvonlari orasida hukm chiqaradi: shoxli qo‘ydan shoxsiz qo‘yning haqini
olib beradi, so‘ngra hayvonlarga, tuproqqa aylaning, deyiladi, ular tuproq bo‘lib
ketadilar. Shu payt kofir:
Do'stlaringiz bilan baham: |