“...Ular uchun samo eshiklari ochilmas va toki tuya ignaningn teshigidan o‘tmas ekan, ular ham jannatga kira olmaslar” (A’rof, 40).
Yana davom etdilar: “Keyin Alloh taolo aytadi: “Uning kitobini sijjiynga yozinglar”. Keyin
uning ruhini qattiqlik bilan yerga tashlaydilar.
“Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go‘yo osmondan qulaganu uni (biron vahshiy) qush (o‘lja qilib) olib ketgan yoki (qattiq) shamol yiroq joylarga uchirib ketgan kabidir” (Haj, 31). So‘ngra uning ruhini jasadiga qaytaradi. Keyin ikki
farishta kelib o‘tirishadi. “Rabbing kim?” Aytadiki: “Bilmayman”. “Dining qaysi?”
“Bilmayman”. Va undan yana so‘rashadi: “Sizlarga yuborilgan kishi to‘g‘risida nima
deysan?” Aytadi: “Ey bilmayman”. Shunda osmondan nido qiluvchi nido qiladi: “Bandam
yolg‘on gapirdi! Unga do‘zax to‘shaklaridan to‘shak qilinglar va do‘zaxga kiradigan
eshikni ochib qo‘yinglar”. Keyin uning ustiga do‘zaxning issig‘i va zahri kiradi. Qabri
torayadi. Shunda qovurg‘alari aralashib ketadi va badbashara, yomon kiyimli, sassiq