32. Barro’ ibn Ozib rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan birga ansorlardan bir
kishining janozasiga chiqib, qabristonga yetdik. Hali qabr kavlanib bo‘lmagan edi.
Payg‘ambar (s.a.v.) o‘tirdilar. Biz ham u kishining oldilarida boshimizda qush turgandek
o‘tirdik. U kishining qo‘llarida yer kavlaydigan cho‘p bor edi. So‘ngra boshlarini ko‘tarib:
“Alloh taoloning qabrda beradigan azobidan panoh tilanglar”, deb ikki yoki uch marta
aytdilar. Keyin: “Mo‘min banda agar oxiratga yuzlanib bu dunyodan ketayotgan bo‘lsa,
uning oldiga yuzlari xuddi quyoshdek nurli, oppoq farishtalar tushadi. Ularning qo‘llarida
jannatdan kafan va jannat atirlaridan xushbo‘y atir bo‘ladi. Ular ko‘z ko‘radigan joygacha
o‘tiradilar, so‘ng o‘lim farishtasi keladi va u mayyitning oldida o‘tiradi. So‘ngra: “Ey
xotirjam nafs, Allohning mag‘firatiga va roziligiga chiqqin”, deydi.