www.ziyouz.com kutubxonasi
201
kelib ahllarini jam qildilar va bizlar bilan namoz o‘qidilar. Biz hatto saharlik o‘tib
ketadimi, deb qo‘rqdik".
463. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
ramazonning birinchi kechasida masjidga chiqib, odamlar bilan namoz o‘qidilar. Odamlar
tong otgach, bu haqda gapirishdi. Ikkinchi kuni odamlar ko‘payib ketdi. U kishi o‘qidilar,
odamlar ham o‘qishdi. Uchinchi kuni odam ko‘payib, masjidga sig‘may qoldi. Keyingi
kuni u zot chiqmadilar. Oxirida o‘zlarining namozlari uchun chiqdilar. Bomdodni o‘qib
bo‘lganlaridan keyin odamlarga o‘girilib: "Bu kechadagi ishlaringiz meni qo‘rqitgani yo‘q,
lekin men kechasi namoz o‘qish sizlarga farz bo‘lib qolishidan qo‘rqdim, agar farz bo‘lib
qolsa, unga ojizlik qilasizlar", dedilar.
464. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ramazonda
qoim bo‘lishga targ‘ib qilardilar. Lekin qattiq buyurmas edilar. Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam o‘tganlaridan keyin Abu Bakr Siddiq (r.a.) xulofatlarida ham shunday
bo‘ldi. Umar (r.a.) xulofatlari o‘rtalarida odamlarni jam qilib, ularga Ubay ibn Ka’bni
(r.a.) imom qilib qo‘ydilar".
465. Faqih aytadilar: Otam isnodi bilan Ali ibn Abu Tolibning (r.a.) bunday deganlarini
menga so‘ylab berdi: "Umar ibn Xattob tarovih namozini o‘qish haqidagi hadisni mendan
eshitganlar", dedilar Ali. "U qanday hadis, ey mo‘minlar amiri?" deb so‘rashdi. Aytdilar:
"Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitgan edim:
"Allohning arshi atrofida bir joy bor. U haziratul quds deb ataladi. U nurdandir. U yerdagi
maloikalarning sonini sanab bo‘lmaydi. Alloh o‘zi biladi. Ular Allohga tinimsiz ibodat qilib
turishadi. Ramazon kechalari bo‘lsa, ular Parvardigorlaridan yerga tushishga ruxsat
so‘rashadi. So‘ngra odam farzandlari bilan birga namoz o‘qishadi. Ular har kecha
tushishadi. Kim ularni ushlasa yoki ular kimni ushlasalar, u odam baxtli bo‘ladi. Keyin
hech ham badbaxt bo‘lmaydi. Shundan so‘ng Umar (r.a.): "Bizlar bunga xaqliroqmiz",
deb odamlarni tarovih namoziga to‘pladilar va ularga Ubay ibn Ka’bni imom etib
tayinladilar".
Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi ramazon oyining birinchi kuni
chiqqanlarida masjidlarda qiroatni eshitdilar va masjidlardagi qandillarning yashnab
turganini ko‘rdilar. Shunda aytdilar: "Ey Alloh, masjidlarni Qur’on nurlari bilan
to‘ldirganingdek Umarning qabrini ham nurga to‘ldirgin".
Usmon ibn Affondan (r.a.) ham shunday rivoyat bor. Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin.
______________
Do'stlaringiz bilan baham: |