Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
Alloh taolo ramazon oyining har kuni iftor vaqtida ming kishini do‘zaxdan ozod etadi. 
Ular qilgan gunohlari sabab azobga giriftor edilar. Jum’a kuni va jum’a kechasi har 
soatda o‘n mingta gunohkorni do‘zaxdan ozod qiladi. Ularning hammalari azobga 
mubtalo edilar. Ramazonning oxirgi kunida oyni boshidan oxirigacha ozod 
qilinganlarning sanog‘idan ham ko‘proq gunohkorlarni ozod etadi. Laylatul-qadr kechasi 
esa, Alloh taolo Jabroil alayhissalomga yerga maloikalarning katta jamoasi bilan birga 
tushishni buyuradi. Unda ko‘k bayroq bo‘ladi. Uni Ka’baning yoniga qo‘yadilar. Jabroil 
alayhissalomning yetti yuzta qanoti bo‘lib, ikkitasi faqat Qadr kechasida yoyiladi. 
Yozilganda g‘arbdan sharqgacha oshib ketadi. Jabroil alayhissalom maloikalarni bu 
ummatga yuboradi. So‘ngra ular ummatning turgan, o‘tirgan, namoz o‘qigan, zikr 
qilganlariga salom beradilar. Ular bilan ko‘rishadilar va duo qilganlarida to bomdodgacha 
"Omin", deb javob berib turadilar. Bomdod bo‘lgandan keyin Jabroil (a.s.) barcha 
maloikalarga, ketinglar-ketinglar, deb nido qiladi. Ular: "Ey Jabroil, Alloh Muhammad 
sollallohu alayhi vasallamning ummatlari bo‘lgan mo‘minlarning hojatlarini nima qildi?" 
deb so‘raydilar. Jabroil aytadiki: "Alloh taolo ularga nazar qilib, ularning gunohlarini afv 
etdi. Faqat to‘rt kishinikidan tashqari". So‘raydilar: "Ular kimlar, ey Jabroil?" Javob 
beradiki: "Doimiy aroq ichuvchi, ota-onasiga oq bo‘lgan, silai rahmni uzgan, mushohin". 
"Ey Jabroil, mushohin kim?" deb so‘raydilar. Aytadiki: "U xusumat qiluvchi", ya’ni, 
mo‘min birodariga uch kundan ortiq gapirmay yurgan kishi. 
 
Fitr (hayit) kechasi esa, "mukofot kechasi" deb nomlanadi. Fitrning ikkinchi kuni Alloh 
farishtalarni shaharlarga yuboradi. Ular yerga tushib, yo‘llarning boshida turib: "Ey 
Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummati, Rabbilaringizga chiqinglar, bu kun buyuk 
mukofot beradi, gunohlaringizni kechiradi", deydilar, bu ovozni inson va jinlardan 
boshqa hamma maxluqot eshitadi. Ular masjidlarga borganlarida Alloh taolo 
farishtalariga: "Ey maloikalarim! Amal qiluvchi kishiga amal qilgani uchun nima mukofot 
beriladi?" deydi. Maloikalar aytishadi: "Ey Rabbimiz, uning mukofoti ajrini mo‘l qilib 
berishingdir". Alloh taolo aytadiki: "Ey maloikalarim, men sizlarni guvoh qilamanki, 
ularning ramazon oyidagi ro‘zalari va kechalari qoim bo‘lishlari savobi Mening roziligim 
va mag‘firatimdir". Alloh so‘ngra aytadiki: "Ey bandalarim, Mendan so‘ranglar, 
ulug‘ligimga qasamki, bugun nimani so‘rasalaringiz, beraman, dunyolaringizdan ham, 
oxiratlaringizdan ham". 
 
453. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
"Ummatimga ramazon oyida bosh-qa ummatlarga berilmagan beshta xislat berildi. 
Ro‘zadorning og‘zidagi hid Alloh nazdida mushkning hididan yaxshiroq; iftor 
qilgunlaricha maloikalar ularning gunohlarini kechirishni so‘raydilar; bu oyda 
shaytonning sarkashlari bog‘lanadi; bu oyda odamlar boshqa oylarda bo‘lmagan 
ixloslarini topadilar; bu oyda har kuni Alloh taolo jannatni ziynatlaydi va jannatga 
aytadi: "Mening bandalarimdan qiyinchilik va aziyatlar ko‘tarilishiga oz qoldi. Ular senga 
qarab yuradilar va oxirgi kechada ularning gunohlari kechiriladi". "Ey Allohning elchisi, 
Laylatul-qadr o‘sha kechami?" deb so‘rashdi. Aytdilarki: "Yo‘q. Lekin amal qiluvchi 
amalini bajarsa, uning ajri mo‘l-ko‘l beriladi". 
 
454. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga 
xursandchilik xabarini berdilar. Aytdilarki: "Sizlarga ramazon oyi keldi. Muborak oy keldi. 
Alloh taolo bu oyda ro‘zani farz qildi. Bu oyda jannat eshiklari ochiladi va jahannam 
eshiklari yopiladi, bu oyda shaytonning sarkashlari bog‘lanadi va bu oyda bir tun bor, u 
ming oydan yaxshiroqdir". 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish