www.ziyouz.com kutubxonasi
178
391. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim yetti yil azon aytsa, Alloh uni
do‘zaxning yetti darajasidan ozod qiladi, faqat niyatini yaxshilagandan so‘ng".
392. Ato ibn Yosar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning rivoyat qiladilar:
"Muazzinning gunohi ovozi uzunligi qadar kechiriladi va uni ho‘l-u quruq – hammasi
tasdiqlaydi".
393. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: "Agar bu vodiyda turib azon aytsang, ovozingni
baland qil, chunki men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: "Muazzinning keng
ovozini eshitgan daraxtlar, xarsanglar, mayda toshlar, insonlar, jinlar qiyomat kunida
Allohning huzurida uning uchun shohidlik berishadi!" deganlarini eshitganman".
394. Maoz ibn Jabal (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: "Alloh
taolo qiyomat kunida jannat tuyalaridan birining ustida Bilolni jo‘natadi va u tuyaning
ustida turib azon aytadi. "Ashhadu al-laa ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadar-
rosululloh", desa, odamlar bir-biriga qarab, siz guvohlik bergan narsaga biz ham
guvohlik beramiz, deyishadi. So‘ng, mahshargohga ketishadi, mahshargohga
yetganlarida jannat ridosi keltiriladi. Birinchi bo‘lib kiydiriladiganlar Bilol va solih
muazzinlardir".
395. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Muazzinlar qiyomat kunida bo‘yinlari eng uzun
odamlardir. Albatta, qiyomatda birinchi hukmi chiqadiganlar payg‘ambarlar, ulardan
keyin shahidlar va muazzinlardir. Avval Ka’batullohning va Baytul-Maqdisning
muazzinlari chaqiriladi, keyin boshqa muazzinlar".
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Agar muazzin bo‘lganimda, g‘azotga chiqmaganimga parvo
qilmasdim".
Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Muazzin bo‘lganimda farz hajni qilganimdan keyin haj
va umra qilolmasam, o‘kinmasdim".
Ali ibn Tolib (r.a.) aytadilar: "Qaniydi azon aytishni Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan Hasan va Husaynlar uchun so‘rab olgan bo‘lganimda, shundan boshqa
narsaga afsus qilmayman".
396. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi. Aytdilarki: "Qaysi
shaharda muazzinlar ko‘paysa, u yerda sovuq kamayadi".
397. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: "Agar muazzinlar azon aytsalar, shayton qochib, Ravho’gacha boradi" (Ravho’
Madinadan o‘ttiz olti mil uzoqdagi joy).
Faqih aytadilar: Muazzin muazzinlar fazilatiga yetishi uchun o‘nta xislatga muhtojdir.
1. Namoz vaqtlarini bilmog‘i va unga rioya qilmog‘i.
2. Halqumini saqlamog‘i. Halqumi uchun azonni kechiktirmasligi.
3. U yo‘qligida o‘rniga boshqa kishi azon aytsa, unga g‘azab qilmasligi.
4. Azonni yaxshi aytmog‘i.
5. Savobini Allohdan so‘ramog‘i, odamlarga minnat qilmasligi.
6. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmog‘i va haqiqatni boyga ham, kambag‘alga
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |