O‘TTIZ IKKINCHI BOB
AZON VA TAKBIR FAZILATI
388. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: Salama ibn Ziror Shom ahllaridan biridan
rivoyat qildilar: Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib: "Menga
bir amal o‘rgating, men u bilan jannatga kirsam", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: "Qavminga muazzin bo‘lgin. Ular namozlarini sen bilan jam qiladilar".
"Ey Allohning elchisi, agar toqatim yetmasa-chi?" dedi u. Aytdilar: "Qavmingga imom
bo‘lgin, qavm sen bilan namozlarini ado qiladi". "Agar toqatim yetmasa-chi?" deb so‘radi
yana u. Aytdilar: "Birinchi safni mahkam tut".
Rivoyat. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |