www.ziyouz.com kutubxonasi
181
bir kishini yetmish ming farishta qabridan mahshargohgacha kuzatib boradi".
Ibn Abbos aytadilar: "Alloh taolo uch kishini qabr azobidan saqlaydi: Muazzinni, shahidni
va jum’a kuni yoki jum’a kechasida vafot etgan kishini".
Abdul A’lo Taymiy aytadilar: "Uch kishi odamlar hisobdan forig‘ bo‘lguncha mushkdan
bo‘lgan tepalik ustida turadi: Allohning rizoligini istab imomlik qilgan kishi; Allohning
rizoligini istab Qur’on o‘qigan qori; azonni Allohning roziligi uchun aytgan muazzin".
406. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: "Kim muazzin aytganidek aytsa, unga ham
muazzinniki kabi ajr yoziladi".
407. Xabarda rivoyat qilinishicha, muazzin "Allohu akbar" desa, Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallam ham takrorlardilar. Shuningdek, ikki shahodat kalimasini ham. "Hayya
alas-solah" va "Hayya alal-falah", desa, "la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil-
azim", derdilar.
Faqih aytadilarki: "Banda azonni eshitsa, uni tinglamog‘i, hurmat qilmog‘i va muazzin
aytganlarini takrorlamog‘i lozim. Agar "Hayya alas-solah", desa, "la-a havla va la-a
quvvata illa billahil-aliyyil-azim", deydi. "Hayya alal-falah", desa, "ma-a sha Allohu
kana", deydi. Shuningdek, azonning ma’nosini va tafsirini bilmog‘i lozim. Chunki har bir
kalimaning zohiriy va botiniy ma’nosi bordir. "Allohu akbar, Allohu akbar" deganining
zohiriy tafsiri Alloh buyukdir, ulug‘dir. "Ashhadu alla-a ilaha illalloh"ning tafsiri –
Allohdan o‘zga iloh yo‘q deb guvohlik beraman. Uning ma’nosi esa, Alloh sizlarga
buyurgan ishga ergashinglar, degani. Chunki sizlarga Allohdan boshqa hech kim foyda
bermaydi va hech kim Uning azobidan najot bera olmaydi. "Ashhadu anna Muhammadar
rosululloh"ning tafsiri, guvohlik beramanki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam
Allohning elchisi, deganidir. Ya’ni, u kishini Alloh sizlarga yubordi, unga imon
keltirmoqlaringiz va tasdiqlamoqlaringiz uchun. Jamoat bilan qoim qilmoqqa buyurdi,
buyurganiga ergashinglar.
"Hayya alas solah"ning tafsiri – namozni ado qilishga shoshilinglar. Ma’nosi – namoz
vaqti keldi, uni kechiktirmanglar, vaqtida jamoat bilan o‘qinglar.
"Hayya alal-falah"ning tafsiri – najotga va saodatga shoshilinglar. Ma’nosi – albatta,
Alloh taolo namozni najot va saodat topishlaringizga sabab qildi, uni ado etinglar va
Allohning azobidan najot topinglar. "Allohu akbar"ning tafsiri – Alloh ulug‘dir, ma’nosi –
u buyurgan amallar vojibdir. U amallarni kechiktirmanglar. "La-a ilaha illalloh"ning tafsiri
– bilinglar, U birdir, Uning sherigi yo‘qdir, ma’nosi – namozlaringizda Alloh roziligi uchun
ixlos qilingizlar.
________________
Do'stlaringiz bilan baham: |