www.ziyouz.com kutubxonasi
102
vaqtda u Alloh harom qilgan narsani halol sanadi, shuning uchun kimiki harom narsani
halol desa, kofir bo‘ladi. Bu narsalardan Allohdan panoh tilaymiz.
Nifoq tomoni insonni g‘iybat qiladi va uni kimki tanisa, ismini aytmaydi. U g‘iybat
qilaveradi, o‘zini taqvodor qilib ko‘rsatadi. Bu munofiqlikdir.
Gunoh tomoni shuki, bir odam bir odamni g‘iybat qiladi, u odamning ismini ham aytadi,
amalining gunoh ekanini ham biladi. Bunday odam gunohkordir. U tavba qilishi lozimdir.
Muboh tomon yomonligi bilan mo‘minlar orasida tanilgan fosiqni yoki bid’at egasini
g‘iybat qilmoqlikdir. Bunda mo‘minlar ajr (mukofot) oladilar. Chunki mo‘minlar bilsalar,
undan hazar qiladilar.
Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Fojirda bor narsalarni zikr qilinglar, mo‘minlar ulardan
hazar qilishlari uchun”.
Faqih aytadi: Otamning payg‘ambarlar haqida hikoya qilganlarini eshitdim:
Rasul bo‘lmagan nabiylarning ba’zilari vahiyni tushlarida ko‘rar edilar, ba’zilari ovozini
eshitar edilar, biroq hech narsani ko‘rmas edilar. Tushida ko‘radigan nabiylardan birlari
bir kechasi tush ko‘rdilar. Unga aytildi: “Vaqtiki tong ottirsang, senga nima uchrasa,
birinchi narsani yegin, ikkinchi narsani yashirgin, uchinchisini qabul qilgin, to‘rtinchisini
noumid qoldirmagin, beshinchisidan qochgin”. U tongni ottirganda birinchi uchratgani
katta qora tog‘ bo‘lib chiqdi. U tog‘ning oldida to‘xtab, hayron qoldi. U kishi aytdiki:
“Rabbim menga bu tog‘ni yeyishni buyurdi, men buni yeya olar ekanmanmi?” deb
taajjubda qoldi. O‘zicha o‘ylab ko‘rdi va shunday dedi: “Rabbim meni toqatim
ko‘tarolmaydigan narsaga buyurmaydi”. Shundan so‘ng, uni yeyishga qasd qilib,
yaqinlashib borganida, uzoqdan ko‘ringan katta tog‘ asaldan shirin luqmaga aylandi va u
luqmani yedi. U kishi Allohga hamd aytib, yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda ketayotib, unga
oltin tovoq uchradi. U esa, menga yashirishni buyurdi, dedi-yu, darhol tovoqni ko‘mdi.
Yo‘lda ketayotib orqasiga qarasa tovoq yerda yotgan emish, ikkinchi, uchinchi marta
o‘sha tovoqni ko‘mdi, yana tovoq yer ustiga chiqib qola boshladi. U esa: “Menga
buyurilgan ishni qildim”, dedi-da, o‘z yo‘liga ravona bo‘ldi. Shu payt ko‘rdiki, bir lochin
kichik bir qushchani yemak istab quvlab kelayotir edi. Shunda haligi qush: “Ey Allohning
nabiysi! Menga yordam ber!” deb nolish qildi. U kishi qushni olib, yengiga soldi. Lochin
esa yetib keldi va dedi: “Ey Allohning nabiyi, mening bu rizqimdan noumid qilmagin,
men ochman”. Nabiy o‘zicha o‘yladi: “Men uchinchisini qabul qilishga buyurilgan edim,
lekin to‘rtinchi narsadan noumid qilmaslikka buyurildim, bu lochindir: “Qanday qilsam
ekan?” o‘ylab ko‘rdi va pichog‘ini olib, o‘zining sonidan bir bo‘lak kesib, lochinga
tashladi, lochin go‘shtni olib o‘z yo‘liga ketdi. Shundan so‘ng qushni qo‘yib yubordi. Qush
ham uchib ketdi. U kishi ham yo‘liga ravona bo‘ldi. Yo‘lda sasigan o‘laksaga duch keldi
va undan qochdi. Vaqtiki, kech bo‘ldi. Nabiy: “Ey Rabbim, Sen menga nima buyurgan
bo‘lsang, qildim, endi shu buyurgan ishlaringning nima ekanligini bayon etgin”, deb
Allohga iltijo qildi. Shu payt javob keldiki: “Ey nabiy! Tushingda birinchi katta tog‘ bo‘lib
ko‘ringan narsani sen qo‘rqmasdan yeding, bu g‘azabdir. Sen sabr qilding va g‘azabni
(engding) yashirding, u asaldan ham shirinroq bo‘ldi. Ikkinchisi, yaxshi amallar, agar uni
yashirsa, yana ko‘rinaveradi. Uchinchisi shulkim, birovning omonatiga xiyonat qilmagin.
To‘rtinchisi esa, agar biror mo‘min kishi sendan hojat so‘rasa, uning hojatini chiqarishga
harakat qil, o‘zing muhtoj bo‘lib qolgan paytingda ham. Beshinchisi, g‘iybat. Bir kishi
ikkinchi bir kishini g‘iybat qilayotgan bo‘lsa, unday g‘iybatchidan qochgin”.
Alloh bilguvchidir.
________________
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |