Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin”



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/628
Sana21.07.2021
Hajmi1,37 Mb.
#125298
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   628
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

“Ayrimlaringiz ayrimlaringizni g‘iybat qilmasin” (Hujurot, 12). 
 
Hasan Basriyga: “Bir kishi sizni g‘iybat qildi”, deb aytishdi. Hasan Basriy u kishiga bir 
tovoq xurmo jo‘natib dediki: “Sen menga o‘zingning yaxshilik xislatlaringni hadya 
qilibsan, men bu ishing uchun seni mukofotlashni xohladim, sendan uzr so‘rayman, 
sening mukofotingni oxiriga yetkazishga qodir bo‘lmadim”. 
 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
Ibrohim Adhamdan zikr qilindi. U kishi bir guruh odamlarni ziyofat qildi. Ular dasturxon 
atrofida o‘tirganlarida bir kishi haqida g‘iybat qila boshladilar. Shunda Ibrohim Adham 
dedi: “Bizlardan oldin o‘tgan kishilar go‘sht yeyishdan oldin non yeyishardi, sizlar esa 
non yeyishdan oldin go‘sht tanovul qildilaringiz”. 
 
Abu Amoma Bohiliydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, zikr qilindi: “Qiyomat kunida bandaga 
o‘z kitobi keltiriladi. Unda o‘zi qilmagan yaxshiliklarni ko‘radi. Shunda bandasi: “Ey Alloh! 
Menga bu amallar qaerdan keldi?” deb so‘rar ekan. Alloh aytadiki: “Ey bandam, bu 
amallar odamlar seni g‘iybat qilganda yetgan, ammo sen bu narsalarni sezmagansan”. 
 
Ibrohim Adham g‘iybatchilarga xitob qilib aytdiki: “Ey yolg‘onchi! Do‘stlaringga dunyoing 
bilan baxillik qilding, dushmanlaringga oxirating bilan saxiylik qilding. Sen baxillik qilgan 
o‘rningda kechirilmaysan, saxiylik qilgan o‘rningda maqtalmaysan”. 
 
211. Anas ibn Molikdan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qilindi: Payg‘ambar (s.a.v.) 
aytdilar: “To‘rt narsa ro‘zani ochadi, tahoratni ketkazadi va amalni buzadi. Birinchi, 
g‘iybat, ikkinchi, chaqimchilik, uchinchi, yolg‘onchilik, to‘rtinchi, halol bo‘lmagan xotinga 
qarashlik. Bular xuddi daraxt ildizini suv bilan sug‘organdek, yomonlik ildizlarini 
sug‘oradi va aroq ichishlik xatolarni ko‘paytiradi”. 
 
Ka’b-ul Ahbor aytadi: “Payg‘ambarlarning kitoblarida o‘qidim. Kim g‘iybatdan tavba qilib 
o‘lsa, u jannatga kiruvchilarning oxiri bo‘ladi. Kim u g‘iybatni davom ettirib o‘lsa, u 
do‘zaxga kiruvchilarning birinchisi bo‘ladi”. 
 
Iso ibn Maryam alayhissalomdan zikr qilindi: U kishi do‘stlariga dedilarki: “Agar uxlab 
yotgan kishining ustiga kelib qolsangizlar, shamol uning biror avratini ochsa, sizlar uning 
ustini yopib qo‘yasizlarmi?” Ular: “Ha” deyishdi. Iso alayhissalom: “Balki sizlar qolganini 
ham ocharsizlar”, dedilar. Do‘stlari: “Subhonalloh, qolganini ochgani qanday qo‘l 
boradi?” deb javob berishdi. Iso alayhissalom aytdilar: “Sizlarning oldilaringizda bir kishi 
bir odamni yomonlasa, sizlar esa undan qattiqroq yomonlaysizlar. Bu bilan uning qolgan 
avratini ochib tashlaysizlar”. 
 
Homid Rabi’y rivoyat qildi: “Men masjidda o‘tirgan edim, u yerdagilar bir kishi haqida 
har xil gaplarni gapira boshladilar. Ularni bundan qaytardim. Undan jim bo‘lib, 
boshqasiga o‘tdilar. Ular boshqa kishidan to‘xtab, yana oldingi kishiga o‘tdilar. Men ham 
ularning ba’zi ishlariga aralashdim, o‘sha kechasi tush ko‘rdim. Tushimda bo‘ylari uzun, 
qora kishi mening uyimga kelganini ko‘rdim. Uning qo‘lida bir tovoq bo‘lib, tovoqda bir 
bo‘lak cho‘chqa go‘shti bor edi. U menga: “Shu go‘shtdan yegin”, dedi. Men “Cho‘chqa 
go‘shtidan yemayman, Allohga qasamki, yemayman”, dedim. U esa qattiq so‘kib: “Sen 
bundan ham yomonrog‘ini yeding-ku!” dedi va og‘zimga tiqa boshladi, shu payt uyqudan 
uyg‘onib ketdim. Shundan so‘ng o‘ttiz-qirq kun o‘tirib qoldim, qaysi ovqatni yesam, 
o‘sha go‘shtning ta’mi kelib, og‘zimda sasir edi”. 
 
Sufyon ibn Husayn aytdi: 
“Men Ilyos ibn Muoviyaning oldida o‘tirgan edim. Bir kishi o‘tib qoldi. U kishi haqida u-bu 
deb gapirdim. Ilyos “Jim bo‘lgin!” deb aytdi va so‘radi: 
 Yo Sufyon, sen Rumga yurish qilganmisan? 
 Yo‘q! – deb javob qildim. 
 Turkka qarshi yurish qilganmisan? 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
 Yo‘q! 
U: 
 Sendan Rum va Turk salomat qolibdi, lekin musulmon birodaring salomat qolmadi, 
dedi” 
Sufyon: “Shundan so‘ng, bu ishga qaytmadim”, deydi. 
Hotam Zohid, Alloh rahmat qilsin, aytdiki: “Uch narsa majlisda bo‘lsa, rahmat ketadi”. 
Birinchisi, dunyoni zikr qilish. Ikkinchisi, kulgu. Uchinchisi, odamlarni g‘iybat qilish”. 
 
Roziy aytadi: “Mo‘min sendan uch xislat bilan nasiba olsa, yaxshilardan bo‘lasan. 
Birinchisi, agar sening unga foydang tegmasa, sen unga zarar qilma. Ikkinchisi, agar sen 
uni xursand qila olmasang, unga g‘am keltirma. Uchinchisi, agar sen uni maqtay 
olmasang, uni yomonlay ko‘rma”. 
 
Mujohiddan zikr qilindi: “Odam farzandlari bilan bir farishta ham o‘tirgan edi. Shu vaqtda 
ulardan biri birodarlaridan birini maqtab gapirib qoldi. Maloika aytdiki: “Senga ham unga 
o‘xshashi bo‘lsin”. Yana birlari birodarlarining yomon tomonlarini zikr qildi. Maloika 
aytdi: “Ey odam bolasi, uning avratiga qo‘yilgan satrni (pardani) ochding, o‘zingning 
nafsingga qaytgin va Allohga hamdki, U zot sening avratingni berkitdi”. 
 
Zikr qilinishicha, kunlarning birida Ibrohim Adhamni bir noma’lum kishi mehmonga 
aytdi. Ibrohim Adham kelib o‘tirgach, ulardan biri, falonchi kelmadi, dedi, ikkinchisi esa 
falonchi semiz,  og‘ir, dedi. Ibrohim aytdiki: “Musulmonni g‘iybat qilgan paytda qornim 
to‘ydi”, deb chiqib ketdi va uch kungacha ovqat yemadi. 
 
Hakimlarning ba’zilari aytdilarki: “Uch narsaga kuching yetmasa, uch narsani mahkam 
ushla. Birovga yaxshilik qilishga kuching yetmasa, yomonlik qilishdan saqlangin. Agar 
odamlarga foydang tegishiga qodir bo‘lmasang, zarar keltirishdan o‘zingni saqlagin. Agar 
ro‘za tutishga qodir bo‘lmasang, odamlarning go‘shtini yemagin”. 
 
Vahb Makkiydan zikr qilindi: “G‘iybatni tashlashim menga dunyo va u yaralgandan yo‘q 
bo‘lgunicha bo‘ladigan narsalar meniki bo‘lishidan yaxshiroqdir. Alloh menga harom 
qilgan narsalardan ko‘zimni berkitmoqligim dunyo va undagi narsalar meniki bo‘lib, uni 
Alloh yo‘lida sarf qilishimdan yaxshiroq”, dedi va ushbu oyatni o‘qidi: “Va ayrimlaringiz 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   628




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish