www.ziyouz.com kutubxonasi
85
Qo‘shnisi uchun uning tinchligi, omonligi uch narsa bilandir: qo‘li bilan: tili bilan; avrati
bilan. Tili bilan omon bo‘lishi, qo‘shnisi eshitib qolishidan qo‘rqadigan va qo‘shnisining
oldida gapirishdan uyaladigan gap-so‘zlarni gapirmasligidir. Qo‘ldan omon bo‘lishligi,
agar qo‘shnisi bozorda bo‘lsa-yu, qopi qo‘shnisining uyida qolganini eslab qolsa, shunda
qo‘shnining uyi ham o‘zimning uyimdek-ku, xaltamga hech kim tegmaydi, deb xotirjam
bo‘lishidir (ya’ni shu darajada ishonishidir). Avratidan omonda bo‘lishi, agar u safarda
bo‘lsa va uyiga qo‘shnisi kirganini eshitib qolsa, qalbi xotirjam bo‘lib, xursand bo‘lishidir
(ya’ni shunday xotirjamlik darajasida ishonch, mehr-sadoqat o‘rtada bo‘lishidir).
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta axloq johiliyat davrida yaxshi sanalgan
edi, lekin musulmonlar nazdida yanada yaxshiroqdir:
1) agar unikiga mehmon tushsa, unga yaxshilik qilishga harakat etadilar;
2) agar xotini qarisa, uni taloq qilmaydi. Uning zoe’ bo‘lishidan qo‘rqib, o‘z uyida ushlab
turadi;
3) agar qo‘shnilari qarzdor bo‘lsa yoki musibat yoki qiyinchilik yetsa, harakat qilib,
qarzini to‘laydilar va o‘sha musibatlardan uni chiqaradilar”.
180. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambar (s.a.v.)
aytdilar: “Qiyomatda qo‘shni qo‘shnisiga yopishar ekanll va aytar ekan: “Ey Parvardigor,
sen bu og‘aynimga rizqni keng qilding, menga kamaytirib berding, men kechani och
o‘tkazdim, u to‘q o‘tkazdi. Undan so‘ragin, nima uchun menga eshigini yopdi va Sen
unga keng qilgan narsadan meni mahrum etdi?”
Sufyon Savriy aytdi: “O‘nta narsa jafodandir:
1) kishi yoki xotin, o‘ziga duo qilsa-yu, ota-onasiga va mo‘minlarga duo qilmasa;
2) kishi Qur’on o‘qishni bilsa-yu, undan har kuni yuz oyat o‘qimasa;
3) kishi qabristonlardan o‘tib, u yerdagilarga salom bermasa va ularga duo qilmasa;
4) bir kishi masjidga kirib, unda ikki rak’at namoz o‘qimasdan chiqib ketsa.
5) Kishi juma kuni shaharga kelib, juma namozini o‘qimasa;
6) Kishi yoki xotin tushgan mahallaga olim tushsa-yu, u olimning ilmidan biron narsa
o‘rganish uchun bormasa;
7) Ikki kishi yo‘lda birga bo‘lishsa-yu, bir-biridan ismini so‘ramasa;
8) Yigit bo‘sh bo‘lib, yoshligini bekor o‘tkazsa, ilm va odobni talab qilmasa;
9) Bir kishini ziyofatga chaqirsa, u odam ziyofatga bormasa;
10) Kishi o‘zi to‘q bo‘lib, qo‘shnisi och bo‘lsa, o‘zi yeydigan taomdan hech narsa
bermasa...”.
Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: Qo‘shnichilikning chiroyi va komilligi to‘rt
narsadadir:
1) qo‘shniga hamdard bo‘lish;
2) qo‘shnisida bor bo‘lgan narsaga tama’ qilmasligi;
3) undan (o‘z) aziyatini to‘smog‘i;
4) qo‘shni tomonidan bo‘lgan aziyatga sabr qilmog‘i.
_____________
Do'stlaringiz bilan baham: |