1.2. Korxona iqtisodiyoti - iqtisodiy fanning tarkibiy qismi va bilimlar sohasi
Fan tadqiqotlar faoliyati sohasi bo`lib, asosiy maqsad tabiat, jamiyat va fikrlash
to`g’risida yangi bilimlarni ishlab chiqishga yo`naltiriladi. «Iqtisodiyot» fani umumiy fanlarning
tarkibiy qismi bo`lib, uning o`rni va ahamiyati to`g’risida avvalgi bo`limda qisqacha to`xtalib
o`tildi. Fan yordamisiz, atrofimizni o`rab turgan dunyo to`g’risidagi bilimlar tizimini
yaratmasdan jamiyat taraqqiyotiga erishish mumkin emas. Ilmiy o`rganish voqelikni oddiy
hayotiy tarzda qabul qilishdan farqli ravishda, hodisa va jarayonlarni chuqur anglash, o`zaro
aloqalarini ochib berish, ularning rivojlanish sabablari va kuchlarini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |