Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti


 Korxonani tashkil qilish tamoyillari



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/149
Sana21.07.2021
Hajmi1,6 Mb.
#124695
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

2.1. Korxonani tashkil qilish tamoyillari. 

 

Iqtisodiyotning  jadal  rivojlanishi  va  ishlab  chiqarish  kuchlarining  o`sishi  faoliyat 



yuritayotgan  korxonalardan  tashqari,  yangi  korxonalarni  tashkil  qilish  va  ishga  tushirishga 

tayanadi.  Bunday  qadam  iqtisodiy  jihatdan  maqbullikka,  resurslar  imkoniyati  va  korxona 

mahsulotlariga bo`lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo`q 

bo`lishi ham, yangi korxona yoki ishlab chiqarishni tashkil qilishga sabab bo`lishi mumkin. 

Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 

 



korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo`lishi; 

 



korxona ta`sischilarini tanlash; 

 



taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o`rganish; 

 



korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; 

 



korxonaning ta`sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; 

 



davlat ro`yxatidan o`tish; 

 



muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; 

 



soliq idoralarida ro`yxatdan o`tish. 

  

O`zbekiston  Respublikasining  “Korxonalar  to`g’risida”gi  qonuniga  asosan,  korxonalar 



mulk  egasi  (egalari)  yoki  u  (ular)  tayinlagan  vakillik  idorasi,  mehnat  jamoasi  yoki  ta`sischilar 

guruhining qarori bo`yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. 

Shuningdek, korxonalar agar korxona  mulki egasi  yoki u tayinlagan  vakillik  idorasining 

roziligi bo`lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir necha tarkibiy bo`linmalarni, 

ushbu  bo`linmalarning  mehnat  jamoalari  tashabbusiga  ko`ra,  ajratib  chiqarish  natijasida  ham 

tashkil topishi mumkin. 

Korxona  joriy  va  hisob-kitob raqamlari ochish  va  ular  to`g’risidagi  holatlarni  tasdiqlash 

huquqiga  ega  bo`lgan,  mustaqil  huquqiy  shaxs  maqomidagi  sho``ba  korxonalari,  filiallar, 

vakolatxonalar, bo`lim va boshqa tashkiliy bo`linmalarni tashkil qilishi mumkin. 

Korxona  qonun  hujjatlarida  belgilab  qo`yilgan  tartibda  maxsus  davlat  idoralarida 

ro`yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs  maqomiga ega 

bo`ladi. 

Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini 

ta`minlash,  bozor  munosabatlari  va  raqobatchilik  sharoitlarida  juda  muhimdir.  Amaliyotdan 




 

19 


ko`rinib  turibdiki,  bu  qoidalarga  rioya  qilmaslik  natijasida  korxonani  tashkil  qilishga  ketgan 

barcha  sa`y-harakatlar  o`zini  oqlamaydi  hamda  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  rivojlanishining  mikro 

va  makroiqtisodiy  ko`rsatkichlariga  salbiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Ya`ni  moliyaviy  jihatdan  barqaror 

bo`lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat`inazar, bankrot 

korxonalar hisoblanadi. 

Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko`zlanadi: 

  iste`molchilar  talab  qilayotgan  mahsulot  ishlab  chiqarishni  ko`paytirish  va  uni 



sotishdan foyda (daromad) olish; 

  ishlab chiqarishga ish bilan band bo`lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan 



ta`minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish; 

  ishlab chiqarishga mavjud qo`shimcha resurslarni jalb qilish; 



  fan-texnika  yutuqlaridan  foydalangan  holda  yangi  sanoat  mahsulotlarini  ishlab 

chiqarish; 

  yakka  tarzda  yoki  hamkorlikda  faoliyat  yuritish  uchun  kichik  korxona  (o`rtoqchilik 



kabi)  tashkil  qiluvchi  alohida  fuqarolar  yoki  shaxslar  guruhi  a`zolarining  shaxsiy  ehtiyojlarini 

qondirish; 

  ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish. 




Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish