Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy


MAXSUS (SOF) MARKETING KORXONALARI



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

7.3.
MAXSUS (SOF) MARKETING KORXONALARI
FAOLIYATINI BOSHQARISH
Jahonda 
sof 
marketing, 
sotish 
va 
xizmat 
ko‘rsatish 
bo‘yicha
maxsus kompaniya va firmalar mavjud bo‘lib, ular bizning
tushunchamizdagi maxsus korxonalardek mustaqil faoliyat
yuritadilar. Ularning tipik vakili sifatida Yaponiyaning mavjud
SU korporatsiyasining AQSHdagi bo‘limi ish faoliyati tajribasini
yoritamiz
1.
Marketingning yaponcha taktikasi, savdo kompaniyalardan
tovarlarni sotishda agentliklar sifatida foydalanish bilan
xarakterlanadi. Savdo kompaniyalari tijorat ishlari bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha vositachilik funksiyalarini o‘z zimmasiga oladi.
Bunda valuta hisob-kitoblari, tariflar, yuk tashish va kvotalarni
belgilash kabi vazifalarni bajaradi. Ular joylardagi bozorlarda
tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha qiyinchiliklarni,
mintaqa va mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, hududiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda ish yuritadi.
Har bir savdo kompaniyasi bir vaqtning o‘zida bir necha
firmalarning ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish bilan
shug‘ullanadi. Bunda u yuqori darajada komission haq oladi
(sof daromaddan 30 foizga to‘g‘ri keladi). SU korporatsiyasining
yapon bo‘limi, yapon vositachi firmalariga mahsulotni sotishda
_________

Ãîëáóêîâ Å.Ï., Ãîëáóêîâà Å.Í., Ñåêåðèí Â.Ä. Ìàðêåòèíã: Âûáîð ëó÷øåãî
ðåøåíèÿ. — Ì.: Ýêîíîìèêà, 1993, c. 93-97.


1 4 1
yordam berishi uchun ataylab maxsus tashkil etilgan. Quyidagi
chizmada bu bo‘limning boshqarish bo‘yicha tashkiliy tuzilishi
keltiriladi. Chizmada keltirilishicha marketing mintaqaviy
bo‘limida marketing funksiyalari (vazifalari) tovarlarni sotish
va unga yordam berish bo‘limchalari orasida taqsimlangan.
Tovarlarni sotish bo‘limchasi xizmatchilari Yaponiyaning ayrim
mintaqalarida sotish rejalarining oylar, yil choraklari va yil
davomida bajarilishiga javobgardirlar. Ular bu vazifani bajarishda
vositachi firmaning savdo vakillarini qo‘llab-quvvatlash orqali
erishadilar. Tovarlarni sotishga yordam berish va qo‘llab-
quvvatlash quyidagi ishlarni amalga oshirish orqali ro‘yobga
chiqariladi:
— mahsulotni namoyish etish, ko‘rsatish, targ‘ib etish;
— tovarni sotish oldidan xaridorlarga maslahat berish;
— xaridorlarni izlab topish;
— kontrakt tuzish bo‘yicha yana boshqa vazifalar.
Bu ishlar mintaqalar bo‘linishini e’tiborga olgan holda
vositachi firmalarning faoliyatiga yordam tariqasida ham tashkil
etiladi. Marketingli mintaqaviy bo‘lim funksiyasiga bozor holati,
kelajagi, dinamik o‘zgarishini prognozlash ham kiradi. Bu ishni
amalga oshirishda maxsus ixtisoslashgan yapon firmalarining
bozorni o‘rganish bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqotlaridan va
o‘zlari olib borgan izlanishlar natijalaridan foydalaniladi.
Vositachi firma ham, o‘z navbatida, parallel ravishda o‘zining
mustaqil prognozlarini ishlab chiqadi. Prognoz to‘rt yilga
cho‘zilib, unda bozorda tovarni kutilayotgan sotish hajmi va
uning bozordagi ulushi o‘z ifodasini topadi.
Yapon bozori uchun maxsus dastur ishlab chiqish ham
vositachi firmaga yordam tariqasida uzoq muddatga mo‘ljal-
langan ishlardir. Mahsulot marketingi bo‘limchasi bajaradigan
vazifalari quyidagilardan iborat:
— har xil bozordagi raqobat darajasi ahvoli va xaridorlarning
ahvolini, holatini aniqlash va tashkil etish;
— aniq mahsulot va bozorlar uchun marketing strategiyasini
ishlab chiqishga yordam berish, sotishni rag‘batlantirish (sotish
bo‘limchalari bilan kooperatsiya qilgan holda);
— Yaponiyada yangi tovarlarni qo‘llash va ularning kelajagini
tahlil etish;
— korporatsiyaning shtab-kvartirasida yangi mahsulot
yaratuvchilarni tegishli, kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlash;


1 4 2
— xaridorlarga (iste’molchilarga) va sotuvchi xodimlarga
maslahatlar berish va hokazolar.
«Chandler» xususiy korporatsiyasining ixtisoslashgan
marketing kompaniyasini tashkil etish tajribasi ham diqqatga
sazovor. Korporatsiyaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati,
asosan, quyidagi to‘rt yo‘nalishda: mebel, pollarga ishlov berish
vositalari, havoni tozalab turgichlar va insektitsidlar orqali amalga
oshiriladi.
Bu kompaniya o‘zining ishlab chiqarish quvvatlariga ega
bo‘lmay, tegishli, kerakli mahsulotlarni Niderlandiyadan oladi.
Ya’ni u sof marketing kompaniyasidir.
Italiyada marketing faoliyatini takomillashtirish zaruriyati
tufayli, bosh boshqaruvchi bir vaqtning o‘zida marketing
boshqaruvchisi vazifasini ham bajaradi. Bosh boshqaruvchiga
bo‘ysunuvchi boshqaruvchilar korporatsiyaning Yevropa
mamlakatlarining boshqa bo‘limlaridagi hamkasblari bilan
ma’lumotlar almashib turadilar.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish