1 2 7
xususan, milliy iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari, sof marketing
firmalari va korxonalarning (firmalarning) marketingni boshqarish
sohasida iqtisodiy qonunlarning o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi
va harakat qilishini o‘rganadi va ulardan ongli ravishda
foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi.
Marketing fani tovarlarni yaratishdan tortib, ularni taqsimlash,
saqlash, sotish, xaridorlarga yetkazib berish va iste’mol qilishgacha
bo‘lgan barcha jarayonlarni tashkil etish, amalga oshirishni tadqiq
qiladi, foydalanilmay yotgan imkoniyatlarni ochish va ularni ishlab
chiqarishga, iqtisodiyotga jalb qilish yo‘llarini ko‘rsatib beradi va
ishlab chiqadi. Bu fan marketingning samaradorlikka ta’sirini
uni boshqarish nuqtai nazaridan o‘rganadi, ya’ni bu jarayon
shunchaki stixiyali ravishda emas, balki ilmiy asoslangan bo‘lishini
ta’minlaydi. Marketing o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiyotning
barcha jabhalariga o‘z ta’sirini ikki yo‘nalishda ko‘rsatadi. Ular
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita bo‘lishi mumkin. Uning
ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’siri korxonaning
asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida namoyon bo‘ladi. Bilvosita
ta’siri esa, uning umumiy — milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini,
xaridorlarning turmush darajasini yaxshilash orqali, oqibat
natijada ishlab chiqarish samaradorligini ko‘tarishi orqali
aniqlanadi.
Shuningdek, marketing faoliyatini o‘zining ish yuritish
yo‘nalishi, amaliy faoliyat maqsadi, vazifasi deb tashkil etilgan
maxsus firma (korxona) lar o‘z faoliyatining natijasi sifatida
foyda oladi va har qanday mustaqil xo‘jalik birligi tarzida ish
yuritadilar. Budjetga daromad solig‘i, qo‘shimcha qiymat solig‘i
kabi to‘lovlar orqali namoyon bo‘ladi. Korxona, firmalarning
marketing bo‘limlari, hatto mustaqil xo‘jalik hisobida bo‘lmagan
taqdirda ham, ishlab chiqarish samaradorligiga o‘z faoliyatlarini
takomillashtirish, ko‘rsatkichlarini yaxshilash orqali ijobiy ta’sir
ko‘rsatishlari mumkin. Masalan,
firma marketingini
boshqarishda kompyuter va avtomatlashtirilgan tizimlardan
foydalanishi hujjatlar sonini, hisoblash, ishlov berish vaqtini
keskin qisqartiradi, ularning foydalanish darajasini oshiradi.
Marketing jarayoni bir qancha bosqichlarni bosib o‘tdi.
Masalan, stixiyali bozor sharoitida marketing ham stixiyali
ravishda boshqarilgan. Yirik mashinalar ishlab chiqarilishi va
nisbatan rivojlangan bozor sharoitida marketingni boshqarish,
umuman, boshqaruvchilar tomonidan nazorat o‘rnatish orqali
1 2 8
maxsus amalga oshirilgan. Marketing sobiq sotsialistik tizim, shu
jumladan, SSSR davrida o‘z xususiyatiga ega edi. Bu tizim
umuman marketing tushunchasini tan olmagan va uni kapitalizm
uchun xos deb qaralib, unga sinfiy urg‘u berilgan. Ya’ni marketing
kapitalistlar tomonidan ishchilarni, xaridorlarni ekspluatatsiya
qilish quroli, mamlakat boyliklarini talon-taroj qilish vositasi
sifatida qaralgan. Lekin sotsializm sharoitida marketingning fan
sifatida shakllanmaganligi, sotsializmda marketing mutlaqo
bo‘lgan emas, u faqat kapitalizm uchun xos, degan ma’noni
bermaydi. Marketingning ko‘pgina elementlaridan har bir ishlab
chiqarish korxonasi, tashkilot va vazirliklar o‘zlari bilib-bilmagan
holda foydalanganlar. Masalan, xaridor va iste’molchilarning
tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji har tomonlama chuqur o‘rganilgan.
Ular umumlashtirilib, umumdavlat miqyosiga olib chiqilgan,
moddiy balanslar tuzilib, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish
rejalariga asos bo‘lgan va hokazo.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o‘tilayotgan hozirgi kunda marketing alohida ahamiyat kasb
etadi. Bu davrda marketing keng yoyila boshladi. Korxonalarda
marketing bo‘limi va guruhlari, vazirliklarda marketing boshqar-
malari tuzish deyarli tugallandi. Oliy o‘quv yurtlarida marketing
fan sifatida o‘qitila boshlandi. Xulosa qilib aytganda, marke-
tingning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratildi. Rivojlangan
mamlakatlar tajribasi yakuni shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan bozor
iqtisodiyoti sharoitida marketing maxsus bilimga ega bo‘lgan
marketolog-menejerlar orqali amalga oshiriladi. Ular oliy
ma’lumotli mutaxassislardir.
Do'stlaringiz bilan baham: