c
bx
2
)
3
;
c
bx
x
2
)
4
;
bx
c
x
2
)
5
;
2
)
6
x
c
bx
.
Bu tenglamalarning har biri uchun so’zlar bilan (u harfiy belgilashlardan
foydalanmagan) al-Xorazmiy uning maxsus yechish qoidasini bayon etgan.
Yevropada kvadrat tenglamalar yechish umumiy nazariyasini yaratish uchun
harakat V-asrda Viyet tomonidan qilingan edi. Bu nazariya keyinchalik Jirar
tomonidan oxiriga yetkazildi.
Mashhur o’zbek olimi, matematik, astronom va tabiatshunos O’zbekistonning
Xorazm oblastidan bo’lib, fan tarixida alohida o’rin tutadi. Xorazmiyning ayniqsa,
matematika va astronomiya fanlari sohasidagi ishlari bu fanlarning taraqqiyotida
katta rol o’ynadi. Xorazmiy o’zining matematika va astronomiya sohasida yozgan
asarlari bilan umuman fan xazinasiga salmoqli hissa qo’shgan olimdir.
Xorazmiyning beshta asari: arifmetika, algebra, astronomiya, geografiya va
kalendar sohasidagi to’plamlari bizgacha yetib kelgan. Xorazmiyning bu asarlari,
ayniqsa, uning arifmetika va algebra sohasida yaratgan asarlari matematika tarixida
alohida o’rin egallaydi. Bu asarlar orqali insoniyatning juda ko’p avlodlari
matematika fanining bu bo’limlarini o’rgandilar, o’nlab olimlar bu asarlarga
sharhlar yozdilar va turli tillarga tarjima qildilar. Xorazmiy o’z asarlari bilan o’rta
asrlarda va undan keyingi asrlarda katta shuhrat qozondi. Uning al-Xorazmiy nomi
keyinchalik «algorifm" so’ziga aylanib qoldiki, bu so’z hozirgi vaqtda ma’lum
hisoblash metodi ma’nosini anglatadi.
Xorazmiy algebra fanidan birinchi bo’lib yaratgan asari bilan algebra faniga
asos soldi va uning asosiy tushunchalari, mazmuni va qoidalarini belgilab berdi.
Algebradan yozilgan bu asar Yevropada ham katta shuhrat qozonib, fransuz
matematigi Viyet (1540-1603) zamonasigacha algebradan asosiy darslik kitobi
bo’lib keldi.
Xorazmiyning algebradan yozgan asari 1145 yilda ingliz Robert tomonidan,
1114-1187 yillarda yashagan italyan Gerardo tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan.
Bu asarning arabcha qo’lyozmasi (1342 yilda yozilgan) Oksford universiteti
kutubxonasida saqlanmoqda, u «Kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala»,
ya’ni «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob». Bu asar uch bo’limdan
iborat bo’lib: 1- bo’limi algebra masalalariga bag’ishlangan, 2- bo’limida
geometriyaga, o’lchashga doir masalalar, algebraning ba’zi bir tatbiqlari bayon
etilgan. 3-bo’limi meros bo’lish hisoblashlariga bag’ishlangan. Bu kitob, asosan, 1-
va 2-darajali tenglamalarni «al-jabr va al-muqobala» metodi bilan yechishga
bag’ishlanadi. Bu metod shundan iborat: «al-jabr» so’zi turg’azish ma’nosida bo’lib,
0
7
6
x
kabi tenglamalarni yechish uchun chap tomondagi ayiriluvchini (7 ni)
tashlab, o’ng tomonda shu ayriluvchini turg’azishdir. Agar tenglamaning bir
tomonida yoki ikkala tomonida ayriluvchi bo’lsa, bitta kamayuvchining o’zini
qoldirish uchun ayiriluvchini tashlab, bunga teng miqdorni ikkinchi tomoniga
qo’shish «al-jabr» deyiladi. Shu «al-jabr» so’zining o’zgara borishidan hozirgi
«algebra» so’zi kelib chiqqan. «Al-muqobala» so’zi esa
Do'stlaringiz bilan baham: |