5. O‟zbekistanda innovatsion siyosatni rivojlantirish yo`nalishlari
Biz keng ma‘noda, innovatsion siyosat, deganda shunday chora-tadbirlar
yig‗indisi tushunamizki, bunda iqtisodiy o‗sish, raqobatbardoshlik va jamiyat
farovonligini oshirishga imkon beruvchi innovatsion jarayonlarni qo‗llab- quvvatlash
va muvofiqlashtirish mumkin bo‗ladi. Innovatsion siyosat bu innovatsion jarayonlarni
davlat tomonidan tartibga soluvchi mexanizmdir.
Shuning uchun davlat innovatsiya siyosati rivojlanayotgan davlatlarda muhim
hayotiy zaruratga aylanib bormoqda. Albatta, biror bir mamlakatning jahon
11
bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, uning samarali ilmiy tadqiqot hamkorligi
yo‗nalishida rivojlanishining eng muhim omili bo‗lib innovatsion jarayonlarni (shu
jumladan mintaqalar darajasida) amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy muhitni
yaratishga qaratilgan, fan va ishlab chiqarish o‗rtasida bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lib
davlatning innovatsion siyosati hisoblanadi. Ta‘kidlash kerakki, innovatsion siyosatni
shakllantirishda mamlakatning rivojlanish strategiyasini tanlash o‗ta muhim.
Shulardan kelib chiqqan holda davlat innovatsion siyosatning ikki asosiy
modellarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 1. Bosh maqsadi mamlakat uchun ustuvor
ahamiyatga ega bo‗lgan innovatsion yo‗nalishlarni rivojlantirishni rag‗batlantirish
bo‗lgan, umummilliy ahamiyat kasb etuvchi ilmiy - texnik dasturlar va loyihalarni
bajarishga yo‗naltirilgan model. 2. Bosh maqsadi yangi texnologiyalarni o‗zlashtirish,
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirish
bo‗lgan, ilmiy - texnik bilimlarni yoyishga yo‗naltirilgan model 6. Innovatsion
siyosatning huquqiy va me‘yoriy-qonuniy asoslarida innovatsion siyosatning
konseptual asoslari – maqsad, vazifalari, yo‗nalishlari, ustuvor tomonlari, tamoyillari,
amalga oshirish strategiyalari ko‗rsatib beriladi. Zamonaviy davlat innovatsiya
siyosati innovatsiya sub‘ektlarini, kichik va o‗rta innovatsion biznesni qo‗llab-
quvvatlash, intellektual mulkni himoya qilish, innovatsiya sohasidagi tashqi
faoliyatda milliy manfaatlar himoya qilinishini ta‘minlashga qaratiladi.
Shuning uchun innovatsiya siyosatini ishlab chiqishda quyidagi jihatlar
hisobga olinishi zarur bo‗ladi:
innovatsion siyosatning maqsad, vazifalari, yo‗nalishlari, tamoyillari,
strategiyasi va boshqalar;
innovatsion siyosatning amalga oshirish mexanizmi, ya‘ni, amalga oshirish
vositalari va dastaklari;
innovatsion siyosatning sub‘ekti va ob‘ekti, ularning tavsifi, markaziy va
hududiy tuzilmalari;
innovatsion siyosatning muddatlari va resurslari, kafolatlari.
Innovatsion siyosatning maqsadlari. Keng ma‘noda innovatsion siyosatning
maqsadi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning faoliyatini qo‗llab-quvvatlash,
rag‗batlantirish va tartibga solish hamda muvofiqlashtirishdir. Boshqacha aytganda
innovatsion siyosatning bosh maqsadi raqobatbardosh innovatsion mahsulotlar ishlab
chiqarishni qo‗llab-quvvatlash hisoblanadi. Bu siyosatning qisqa muddatga va uzoq
muddatga mo‗ljallangan maqsadlari ham bo‗lishi mumkin. Masalan, ilmiy-tadqiqot
va tajriba konstruktorlik ishlarini tizimli rivojlantirish, samarali innovatsion tizimni
shakllantirish, iqtisodiyotni texnologik modernizatsiya qilish, ilmiy salohiyatni
innovatsion resursga aylantirish kabilar o‗rta va uzoq muddatga mo‗ljallangan
maqsadlar hisoblanadi. Innovatsion siyosatning tamoyillari. Uzoq muddatga
mo‗ljallangan qoidalar mazkur siyosatning tamoyillari hisoblanadi.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
ilm-fanni ijtimoiy unumli va foydali tarmoq sifatida davlatning ishlab
chiqaruvchi kuchlari rivojlanish darajasini belgilab beruvchi soha ekanligini e‘tirof
etish;
12
fan va texnika rivojlanishining turli ustuvor yo‗nalishlarini tanlashda ochiqlik
va shaffoflikni ta‘minlash, ilmiy va ilmiy texnik loyihalarni ekspertiza qilish va
tanlashda konkurs asosida ish yuritish;
fundamental ilmiy tadqiqotlarni ustuvor rivojlantirishga kafolat berish;
o‗quv-ilmiy komplekslarni yaratish orqali ilmiy, ilmiy- texnik va ta‘lim
jarayonlarining integratsiyasini ta‘minlash, bunda ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar,
yosh mutaxassislarning doimiy jalb etilishini ta‘minlash;
fan va texnika sohasida tadbirkorlik va raqobat munosabatlarini qo‗llab-
quvvatlash; fan va texnika rivojlanishining ustuvor yo‗nalishlariga resurslarning
mujassamlashuvini qo‗llab-quvvatlash;
davlat ilmiy markazlarini tashkil etish orqali ilmiy, ilmiy- texnik va
innovatsion faoliyatlarni rag‗batlantirish; hududlarda ilmiy, ilmiy-texnik va
innovatsion faoliyatlarning jadallashuvini qo‗llab- quvvatlash va mamlakat ilmiy-
texnik salohiyatining integratsiyalashishini rag‗batlantirish; xalqaro ilmiy va ilmiy-
texnika hamkorligini rivojlantirish.
Mamlakatning muayyan innovatsion taraqqiyot darajasidan kelib chiqib
innovatsion siyosat yo‗nalishlari ishlab chiqiladi. Ularning ayrimlari quyidagilar:
barcha xo‗jalik tizimlarida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni resurslar bilan
ta‘minlash; innovatsion infratuzilma va kichik innovatsion tadbirkorlikni
rivojlantirish;
iqtisodiyotning fuqarolik ehtiyojlariga mo‗ljallangan texnologiyalarni
rivojlantirish imkoniyatlarini oshirish;
ilmiy-texnologik, sanoat, investitsion va tarkibiy siyosatlarni o‗zaro
muvofiqlashtirish; barqaror rivojlanish traektoriyasiga o‗tishiga iqtisodiyotning real
sektorida innovatsion jarayonlarni kengaytirish asosida erishilgan.
U yoki bu mamlakatning davlat innovatsion siyosati, odatda ma‘lum nazariy
modelning aks ettirilishi bo‗lib hisoblanmaydi, balki u turli yo‗nalishdagi tadbirlar
kompozitsiyasidir, bunda milliy innovatsiya siyosatlari tub o‗ziga xoslikka egaligini
ta‘kidlash mumkin. Evropa Ittifoqi mamlakatlarining innovatsion siyosati tajribasidan
ma‘lumki, ularda quyidagi yo‗nalishlar keyingi yillarda yangi yo‗nalishlar sifatida
e‘tirof etilgan: - innovatsion muhitni yaxshilash va uning barcha a‘zo
mamlakatlardagi integratsiyasini qo‗lab-quvvatlash; - innovatsiyalarga bozor talabini
rag‗batlantirish, etakchi bozorlar konsepsiyasini qo‗llash, innovatsiyalarga tezkor
talab mavjud bo‗lgan bozorlarni qo‗llab-quvvatlash; - davlat sektoridagi
innovatsiyalarni rag‗batlantirish, davlat ma‘muriy tuzilmalaridagi byurokratik
konservatizmga barham berish; - mintaqaviy innovatsion siyosatni kuchaytirish,
hududlar o‗rtasidagi innovatsion hamkorlikni kengaytirish va boshqalar. Innovatsion
strategiya deganda uzoq mudatga mo‗ljallangan texnik-texnologik rivojlanishning
samarali yo‗nalishlari va yo‗llarini tanlashni tushunish mumkin. Boshqacha aytganda,
resurslarning cheklanganligi sharoitida ichki va tashqi omillar ta‘sirini hisobga olib
tanlangan innovatsion rivojlanish yo‗lini strategiya deb hisoblasa bo‗ladi.
Innovatsion
strategiya
milliy
iqtisodiyot
rivojlanishining
asosiy
yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Innovatsion strategiyada uch muhim yondoshuvni
ajratib ko‗rsatish lozim. Bular mavjud imkoniyatlarni o‗stirish, o‗zlashtirib olish va
13
uzatish. Mavjud imkoniyatlarni o‗stirishda korxona va firmalar o‗z ilmiy-texnik va
ishlab chiqarish salohiyatini oshirib, kengaytirib boradi.
Bunda sanoat ishlab chiqarishida yuqori texnologiyalar yaratiladi, yangi
raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshirib boriladi.
O‗zlashtirib olish strategiyasida milliy innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish
jarayonida rivojlangan davlatlarda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarini ishlab
chiqarish o‗zlashtiriladi. Borgan sari tovar ishlab chiqarishning barcha innovatsion
sikli to‗liq o‗zlashtirib olinadi. Beshinchi va oltinchi texnologik sikllardan tashkil
topadigan sanoat tarmoqlarini o‗zlashtirish bu strategiyaning pirovard maqsadlari
bo‗lishi mumkin. Shunday tarmoqlarga axborot texnologiyalari, kompyuter
texnologiyalari, biotexnologiyalar, kimyo texnologiyalari, yangi materiallarni
yaratish texnologiyalari, tibbiyot texnologiyalari kiradi. Uzatish strategiyasi mavjud
xorijiy ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatini mamlakat iqtisodiyotiga bevosita
xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali, yangi avlod mahsulotlarini ishlab
chiqaruvchi texnologiyalar litsenziyalarini sotib olish orqali o‗zlashtirish nazarda
tutiladi. Bu strategiya yangi texnologiyalarni yaratish, ularni real iqtisodiy resurslarga
aylantirish sikligacha bo‗lgan jarayonlarni amalga oshirish juda murakkab bo‗lgan
mamlakatlarda qo‗llaniladi.
Jahon tajribasida innovatsion rivojlanish strategiyasining uchta yo‗li alohida
ajralib turadi:
xom ashyoga asoslangan va ko‗pincha kichikroq boy davlatlar qo‗llaydigan
strategiya (BAA);
imitatsion-moslashuvchan yoki quvib etuvchi strategiya, bunda xorijdan
patent va litsenziyalarni sotib olishga ko‗proq ahamiyat beriladi (yorqin tajriba
Yaponiya);
ta‘limga, fanga va texnologiyalarga yirik sarf-xarajatlarni amalga oshirishga
moliyaviy imkoniyatlari etarli bo‗lgan davlatlarning innovatsion rivojlanishi (AQSH,
Germaniya, Buyuk Britaniya).
Globallashuv davrida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qurollantirish orqali jahon bozorida mustahkam mavqeini ta‘minlash oson
kechmaydi. Rivojlanayotgan va bozor transformatsiyasi davlatlarining innovatsion
strategiyalardan birini tanlashi ham oson emas. Chunki, yirik innovatsion ukladlarga
ega bo‗lgan davlatlarning o‗zida so‗nggi yillarda chuqur tarkibiy, moliyaviy va
ijtimoiy o‗zgarishlar sodir bo‗lib turibdi. Innovatsion resurslar va mahsulotlar
bozoridagi raqobat kuchaygandan kuchaymoqda. Bunday murakkab vaziyatlarda
yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan innovatsion rivojlanishning har uchala strategiyalaridan
imkoniyat darajasida samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi8 . Innovatsion
siyosat metodlari. Innovatsion siyosatni amalga oshirish usullari turlicha. SHulardan
bevosita va bilvosita usullarga to‗xtalamiz.
Innovatsion faoliyatlarni tartibga solishning bevosita usullariga quyidagilar
kiritiladi:
innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan subsidiyalash, ya‘ni innovatsion
infratuzilmani moliyalashtirish, kichik yuqori texnologiyali korxonalarga grantlar
taqdim etish, xodimlarni o‗qitish va qayta tayyorlashni moliyalashtirish va boshqalar.
14
innovatsion sohada davlat tadbirkorligi;
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarish.
So‗nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarda davlatning innovatsion
faoliyatlarni to‗g‗ridan to‗g‗ri iqtisodiy boshqaruv vositalariga yangi dastaklar
qo‗shilmoqda. Bular ilmiy tadqiqotlar sohasida sanoat korporatsiyalarining
kooperatsiyasini rag‗batlantirish, universitetlarning sanoat korxonalari bilan
kooperatsiyasini qo‗llab-quvvatlash kabilardir. Masalan, Kanadada davlat ITTKIni
rag‗batlantirishda tijorat banklari berayotgan kreditlarga davlat kafolatini
ta‘minlamoqda, ayrim ITTKIni bevosita moliyalashtirmoqda. Yaponida davlat
innovatsion faoliyatlarga byudjetdan subsidiyalar ajratmoqda, turli vazirliklar
huzuridagi ilmiy tadqiqot muassasalari, davlat korporatsiyalari, tadqiqot markazlari,
xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikdagi faoliyatlarga imtiyozli kreditlar taqdim
etmoqda. Germaniyada esa ilmiy-texnika va ishlab-chiqarish xo‗jalik faoliyatlarida
uzoq muddatli va tavakkalchiligi yuqori bo‗lgan ilmiy tadqiqotlarni hukumat
moliyaviy qo‗llab- quvvatlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |