51
notariusda tasdiqlangan ko‘chirma yoki qonunchilikda belgilangan tartibda
ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma. Davlat ro‘yxatidan
o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat faqat mazkur obyekt uchun qonunchilikda nazarda
tutilgan bo‘lsa topshiriladi;
soliq organida ro‘yxatdan o‘tganligi va idensifikatsiyalashgan soliq to‘lovchi
raqami berilganligi to‘g‘risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma ko‘chirmasi yoki
shaxs soliq to‘lovchi subyekt emasligi to‘g‘risida ma‘lumot;
imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka;
yuqorida aytib o‘tilgan yo‘riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Davlat korxonlari, aksioner
jamiyatlari, qishloq xo‘jalik uyushmalari (shirkatlar),
mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, konsernlar,
korporatsiyalar, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa korxonalar
tomonidan talab qilib olguncha depozit schyotlarini ochish uchun zikr qilingan
hujjatlarga qo‘shimcha qilib bankka yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaga binoan yana
boshqa hujjatlar topshiradilar.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha
shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug‘i bilan korxonaga tegishli
hisob–kitob schyoti raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati tomonidan
pul mablag‘lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. Boshqa
shahar yoki aholi punktlarida joylashgan xo‘jalik hisobida bo‘lmagan filiallar,
magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo‘linmalarga mahalliy bank
muassasasida cheklangan operatsiyalarni aks ettirish uchun joriy schyot ochiladi. Bu
cheklanish asosiy hisob–kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona tomonidan
belgilanadi.
Ochilgan hisob–kitob schyotida bo‘sh pul mablag‘lari va mahsulot (ish va
xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar
hamda boshqa tushumlar saqlanadi.
Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar uchun
mol yuboruvchiga to‘lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug‘urtadan bo‘lgan qarzni
to‘lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar uchun
to‘langan pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Odatda bank tomonidan har qanday pul o‘tkazib berish yoki naqd pul berish
korxona yoki hisob–kitob schyotini tasarruf etuvchining buyrug‘i yoki u bilan
kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Lekin bank quyidagi hollarda korxona roziligini olmay boshqa tashkilotlarning
hujjatlari bo‘yicha uning hisob–kitob schyotidan pulni majburiy o‘tkazib beradi:
moliya va soliq organlarining buyrug‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq va yig‘imlar,
shuningdek ular bo‘yicha jarima va boqimandalar summasini; qondirilgan da‘volar
summasini – ijro varaqalari, xo‘jalik sudining bo‘yrug‘i bo‘yicha; kreditdan
foydalanganligi uchun foiz summasini, muddatida to‘lanmagan kredit summasini;
bank tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar summasini.
Yuridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida yetarli darajada pul
mablag‘lari bo‘lsa, pul o‘tkazib berish uning buyrug‘i yoki boshqa to‘lov hujjatlari
bilan amalga oshiriladi.
54
to‘lanmalar kalendar grafigiga binoan budjetga va boshqa organlarga mablag‘
o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: