O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 -BOB.  PUL MABLAG’LARI VA HISOB–KITOBLAR HISOBI



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

3 -BOB.  PUL MABLAG’LARI VA HISOB–KITOBLAR HISOBI 
3.1. Pul mablag’lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga 
olishning vazifalari 
 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  ishlab 
chiqarish  jarayonida  doimo  boshqa  xo‘jaliklar  bilan  iqtisodiy  aloqada  bo‘ladilar. 
Bunday aloqalarini olib borish xo‘jaliklarning asosiy faoliyati hisoblanadi va ishlab 
chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulotlarni o‘z vaqtida jo‘natish hamda sotish  
jarayoni ta‘minlanadi. Хo‘jalik aloqalari shartnomalar bilan rasmiylashtirilib, ularga 
asosan  bir  tomon    mahsulot  (ish  va  xizmat)  larni  taklif  etuvchi  (sotuvchi),  ikkinchi 
tomon esa – xaridor sifatida qatnashib,  to‘lovni amalga oshiruvchi bo‘lib qatnashadi. 
Mahsulot (ish va xizmat) larni yetkazib beruvchi bilan uning haqini to‘lovchilar 
orasidagi hisoblashishlar o‘z vaqtida tashkil etilishi aylanma mablag‘larning aylanish 
tezlashishiga ta‘sir qilib, olinadigan va to‘lanadigan mablag‘larning paydo bo‘lishiga 
barham beradi. 
Shuningdek,  xo‘jaliklarning  budjet  va  budjetdan  tashqari  mablag‘lar  bo‘yicha 
tegishli  idoralar  hamda  ishlab  chiqarishda,  boshqaruv  apparatida  faoliyat 
ko‘rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi. 
Хo‘jalikning  boshqa  tashkilotlar  bilan  o‘zaro  hisoblashishlari  naqd  pullik  yoki 
naqd  pulsiz,  ya‘ni  pul  o‘tkazish  yo‘li  orqali  to‘lovni  oluvchining  hisob  raqami 
ochilgan bankka o‘tkazib beriladi. Bugungi kunda subyektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-
kitob operatsiyalari bo‘yicha hisoblashishlar nizomga
3
 ko‘ra pul o‘tkazish yo‘li orqali 
amalga oshiriladi. 
Тijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mablag‘larini jalb 
qilish,  ularning  boshqa  xo‘jalik  hamda  tashkilotlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  hisob  – 
kitoblarini  amalga  oshirish,  shuningdek,  qaytarib  olish  to‘lovlilik  va  muddatlilik 
sharti bilan bo‘sh mablag‘larni joylashtirish maqsadida tashkil etilganligidir. 
Respublikamizda  bank  tizimi  davlat  Markaziy  banki  va  tijorat  banklaridan 
tashkil  topgan  bo‘lib,  ular  o‘z  mijozlariga  shartnoma  asosida  xizmat  ko‘rsatadi. 
Mijozlar  bank  xizmatlaridan  foydalanishda  mustaqil  ravishda  o‘zlari  tanlagan    bir 
yoki  bir  nechta  banklarda  hisob-kitob-pul  bilan  bog‘liq  operatsiyalari  amalga 
oshiradi.
4
 
Shu  bilan  birga  ishlab  chiqarish  faoliyati  kengaytirish  maqsadida  bankning 
kredit  resurslaridan  foydalanishlarilari  va  maqsadli  kredit  munosabatlari  yuzasidan 
kredit  shartnomalarini  rasmiylashtirishlari  mumkin.  Korxonalar  banklarda  hisob–
kitob va valuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy schyotlari (limitlashtirilgan chek 
daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari mumkin. 
Хo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning  pul  mablag‘lar  hisobi  buxgalteriya  hisobi 
schyotlar  rejasining  beshinchi  bo‘limi,  majburiyatlari  bo‘yicha  hisob–kitoblar  esa 
oltinchi va yettinchi bo‘limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi. 
                                                 
3
 
―Ўзбекистон      Республикасида  нақд  пулсиз  ҳисоб-китоблар  тўғрисидаги‖  Низом.  ЎзР    АВ  томонидан 
13.12.2004 йилда 1122-2-сон билан рўйхатга олинган. 
4
 
Ўзбекистон      Республикаси  банкларида  очиладиган  банк  ҳисобварақлари  тўғрисида  йўриқнома.  ЎзР  АВ 
29.09.2003 й. 1080-1-сон билан рўйхатга олинган 


 
47 
Хo‘jaliklarda  mavjud  pul  mablag‘laridan  maqsadli  foydalanish  va  ularni 
samarali  boshqarish,  shuningdek,  olinadigan  mablag‘lar  va  majburiyatlarni  o‘z 
vaqtida  so‘ndirish  buxgalteriya  hisobi  orqali  nazorat  qilinadi.  Shu  boisdan,  ushbu 
nazoratni  to‘g‘ri  va  o‘z  vaqtida  tashkil  etishda  uning  oldiga  bir  qator  vazifalarni 
bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat: 

 
pul mablag‘lari va hisob–kitob operatsiyalarini o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda 
to‘g‘ri rasmiylashtirib borish; 

 
kassadagi  kirim  va  chiqim  qilinayotgan  mablag‘larni  to‘g‘ri  rasmiylashtirish 
hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish; 

 
kassadagi  naqd  pul  mablag‘lari  va  unga  ekvivalent  bo‘lgan  pul  hujjatlari, 
qimmatli qog‘ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish; 

 
pul mablag‘laridan to‘gri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini doimiy 
nazorat qilish; 

 budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar, banklar, xodimlar va boshqa tashkilotlar, 
xaridor  va  buyurtmachilar  bilan  shartnomada  belgilangan  to‘lov  shakllariga  amal 
qilib borishni nazorat qilish; 

 qarzlarni  qaytarish  muddatidan  o‘tkazib  yubormaslik  maqsadida  debitor  va 
kreditorlar  o‘rtasidagi  o‘zaro  hisob  –  kitoblarni  o‘z  vaqtida  taqqoslama 
dalolatnomalar  bilan  rasmiylashtirish  hamda  uni  so‘ndirish  bo‘yicha  chora-tadbirlar 
ko‘rish; 

 
xo‘jalikning  pul  mablag‘lari  harakatini  oldindan  prognozlash  va  pul  oqimini 
me‘yorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishda iboratdir. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish