O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/176
Sana18.07.2021
Hajmi2,25 Mb.
#122959
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   176
Bog'liq
moliyaviy va boshqaruv hisobi

11.5. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni 
hisobga olish 
 
Mahsulot,  ishlar  va  xizmatlar  sotishdan  olingan  yalpi  foyda  va  zarar  hisobot 
davri  oxirida  sotishdan  tushgan  sof  tushum  bilan  sotilgan  mahsulot,  ishlar  va 
xizmatlarning haqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi. 
Тayyor  mahsulotlar,  tovarlar,  bajarilgan  ish  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar,  olingan 
daromadlar,  shuningdek  sotilgan  tovarlarning  qaytarilishi,  sotish  narxlaridan 
chegirmalar  to‘g‘risidagi  axborotlar  quyidagi:    9010-«Mahsulot  sotishdan  olingan 
daromad»,  9020-«Тovarlar  sotishdan  olingan  daromadlar»,  9030-«Bajarilgan  ishlar 
va  ko‘rsatilgan  xizmatlardan  olingan  daromadlar»,  9040-«Sotilgan  tovarlarni 
qaytarish» va  9050-«Хaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlarda 
aks ettiriladi. 
Yuqorida keltirilgan 9010, 9020 va 9030-schyotlar tranzit schyotlar hisoblanib, 
ko‘payishi  kreditida,  kamayishi  debetida  aks  ettiriladi.  9040  va  9050  schyotlari 
kontrpassiv schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030- schyotlar summasini tuzatib turadi. Bu 
schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi: sanoat, qishloq 
xo‘jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va o‘zida ishlab 
chiqarilgan yarim tayyor mahsulot; sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar; sanoat tusiga 
ega  bo‘lmagan  ishlar  va  xizmatlar;  sotib  olingan  buyumlar  (butlash  uchun  sotib 
olingan); qurilish montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa 
shunga  o‘xshagan  ishlar;  savdo,  ta‘minot  korxonalarining  tovarlari;  transport 
tashkilotlarining yuk va kishilar tashish bo‘yicha xizmatlari; yengil avtomashinalarni 
ijaraga  berish  va  avtomashinalarni  xaydab  olib  borib  berish  xizmatlari;  transport  - 
ekspeditsion va yuklash - tushirish operatsiyalari; aloqa korxonalari xizmatlari. 
9010, 
9020 
va 
9030-schyotlarining 
kreditida 
4010-«Хaridorlar 
va 
buyurtmachilardan  olinadigan  schyotlar»  va  4110-«Alohida  bo‘linmalardan 
olinadigan schyotlar» schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan holda xo‘jalik 
yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar aks ettiriladi. 
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan oldingi davrda olingan daromadlar summasiga 
pul  mablag‘larini  hisobga  oladigan  schyotlar  debetlanib,  6230-«Boshqa  muddati 
uzaytirilgan  daromadlar»  yoki  6310-«Хaridorlar  va  buyurtmachilardan  olingan 
avanslar» schyotlari kreditlanadi. 
Sanoat  korxonalarida  mol  yuboruvchi  va  buyurtmachilarga  yuklab  yuborilgan 
mahsulot  (bajarilgan  ish  va  xizmatlar)  bo‘yicha  taqdim  etilgan  hisob  hujjatlari 


 
227 
summasiga  4010-«Хaridorlar  va  buyurtmachilardan  olinadigan  schyotlar»  schyoti 
debetlanib, 9010, 9020 va 9030 - schyotlar kreditlanadi. 
Kelgusida  yuklab  jo‘natiladigan  mahsulot,  ko‘rsatiladigan  xizmat  va 
bajariladigan  ishlar  uchun  oldindan  olingan  bo‘naklar  summasi  ushlab  qolinganda 
6230 va 6310-schyotlari debetlanib, 4010-schyoti kreditlanadi. Yuborilgan mahsulot, 
bajarilgan  ish  va  xizmatlar  uchun  pul  mablag‘lari  tushganda  pul  mablag‘larini 
hisobga  oladigan  schyotlar  debetlanib,  4010-«Хaridorlar  va  buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi. 
Korxonaning  yakuniy  balans  foydasi  (zarari)  hisobot  davrining  oxirida  9910 
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi. 9010, 9020 va 9030- schyotlarning 
kredit  qoldiqlari  hisobot  davri  oxirida  9910-  schyotga  o‘tkaziladi:  Dt  9010,  9020, 
9030 – schyotlar, Kt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. 
9040  va  9050-  schyotlari  sotilgan  tovarlarni  qaytarilishi,  shartnoma  shartlariga 
binoan  sotishdan  chegirma,  shuningdek  sotilgan  mahsulotdan  brak  aniqlanishi 
natijasida  narxidan  chegirma  va  shu  kabilarni  hisobga  olish  uchun  belgilangan.  Bu 
schyot  kontrpassiv  bo‘lib,  ularning  debet  oborotlari  sotilgan  mahsulot  (tovar,  ish  va 
xizmatlar) dan tushgan tushum summasidan hisobot davri oxirida  quyidagi hisobdan  
chiqariladi: Dt 9010, 9020 va 9030-schyotlar, Kt 9040 va 9050-schyotlar. 
9040  «Sotilgan  tovarlarning  qaytishi»-schyotining  debetida  operatsiyalar 
quyidagi hollarda aks ettirriladi: buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati 
qaytarilganda:  Dt  9040  «Sotilgan  tovarlarning  qaytishi»,  Kt  5010,  5110,  5210- 
schyotlar.  
Qaytarilgan tovarlar bo‘yicha debitor qarzi  bekor qilinganda, Dt 9040 «Sotilgan 
tovarlarning  qaytishi»,  Kt  4010-«Хaridor  va  buyurtmachilardan  olinadigan 
schyotlar». 
Bunda  qaytarilgan  tovarlar  bo‘yicha  oldin  hisoblangan  QQS  va  aksiz  solig‘i 
summasiga  quyidagicha  rasmiylashtiriladi:  Dt  6410-«Budjetga  to‘lovlar  bo‘yicha 
qarz  (turlari  bo‘yicha)»,  Kt  5110-«Hisob  -  kitob  schyoti»  yoki  4010  «Хaridor  va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar». 
Qaytarilgan  mahsulot  va  tovarlarning  tannarxi  hisobdan  chiqariladi:  Dt  2810 
«Ombordagi  tayyor  mahsulotlar»  yoki  2910  «Ombordagi  tovarlar»,  Kt  9119-9130-
schyotlar. 
Shartnoma  shartlariga  binoan  sotishdan  chegirma,  shuningdek  sotilgan 
mahsulotdan 
brak 
aniqlanishi 
natijasida 
chegirma 
berilsa, 
quyidagicha 
rasmiylashtiriladi,  Dt  9050-«Хaridorlar  va  buyurtmachilarga  berilgan  chegirmalar», 
Kt 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti. 
Sotilgan  tayyor  mahsulot  (ovarlar  (ishr  va  xizmat)lar  tannarxi  to‘g‘risidagi 
axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning 
tannarxi»,  9120-«Sotilgan  tovarlarning  tannarxi»  va  9130-«Bajarilgan  ish  va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotlari. Bu schyotlar tranzit hisoblanib aktiv 
schyotlarga mansub. Ularning debeti ko‘payishini, krediti esa kamayishini ko‘rsatadi. 
Bu schyotlarda hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi. 
Korxonalarda  mol  xaridorlarga  jo‘natilgan  mahsulot  (ish  va  xizmat)  lar  uchun 
hisoblashish  hujjatlarini  taqdim  etilishiga  qarab  jo‘natilgan  mahsulot  (ish  va 
xizmat)larning  haqiqiy  tannarxiga  2010-«Asosiy  ishlab  chiqarish»  yoki  2810-


 
228 
«Ombordagi  tayyor  mahsulotlar»  schyoti  kreditlanib,  9110  yoki  9130-schyoti 
debetlanadi. 
Ayrim  korxonalarda sotilgan  mahsulot  (ish va xizmat)  larning haqiqiy  tannarxi 
faqat  kalendar  yilining  oxirida  bir  marta  aniqlanganligi  uchun  9110  va  9130- 
schyotlarning  debetida  yil  davomida  sotilgan  mahsulot  (ish  va  xizmat)  larning  reja 
tannarxi  aks  ettiriladi.  Yil  oxirida  mahsulot  (ish  va  xizmatlar)ning  haqiqiy  tannarxi 
bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: 
Dt  2810-«Ombordagi  tayyor  mahsulotlar»  yoki  2820-«Ko‘rgazmadagi  tayyor 
mahsulotlar»  -  ombordagi  yoki  ko‘rgazmadagi  tayyor  mahsulotga  tegishli  farq 
summasiga,  Dt  9110-«Sotilgan  mahsulotlar  tannarxi»,  9130  «Bajarilgan  ish  va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» - sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarga tegishli 
farq  summasiga,  Kt  2010  «Asosiy  ishlab  chiqarish»  yoki  2310-«Yordamchi  ishlab 
chiqarish». 
Agar  bu  farq  summasi  ortiqcha  qilingan  xarajatni  ko‘rsatsa,  yuqoridagi 
buxgalteriya o‘tkazmalar oddiy siyohda, aksincha, tejalgan summani ko‘rsatsa - qizil 
siyohda storno qilib reja tannarxi haqiqiy tannarxga yetkazib qo‘yiladi. 
Hisobot  davri  oxirida  9110  «Sotilgan  mahsulotlar  tannarxi»,  9120  «Sotilgan 
tovarlar  tannarxi»  va  9130  «Sotilgan  ishlar  va  xizmatlar  tannarxi»  schyotlarining 
debet  oborotlari  yakuniy  moliyaviy  natija  schyotiga  o‘tkazish  yo‘li  bilan  hisobdan 
chiqariladi.  Bunda  quyidagicha  rasmiylashtiriladi:  Dt  9910-«Yakuniy  moliyaviy 
natija», Kt 9110, 9120 va 9130-schyotlari. 
Shunday  qilib,  9910-«Yakuniy  moliyaviy  natija»  schyotining  debetida  hisobot 
davrida  sotilgan  mahsulot,  ishlar,  xizmatlarning  haqiqiy  tannarxi,  kreditida  esa 
mahsulot,  ishlar  va  xizmatlarni  sotishdan  tushgan  sof  tushum  aks  ettiriladi.  Ushbu 
muomalalar  bo‘yicha  9910-«Yakuniy  moliyaviy  natija»  schyotining  debet  va  kredit 
oborotlarini  taqqoslash  natijasida  hisobot  davridagi  mahsulot,  ishlar  va  xizmatlar 
sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi. 
 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish