XULOSA
Chet el mamlakatlari tajribalari shuni ko`rsatadiki, ta’lim mazmunini
qayta qurish ishida shoshma-shosharlikka yo`l quyib bo`lmaydi.
Fikrimizcha, bu soxada samaralirok yo`l integrasiya va
ixtisoslashtirishga asoslangan o’quv dasturlarini yaratishdir.
Iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlarda mexnat ta’limi hamda
kasbga yo`naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning eng e’tiborga
loyiklari shu ta’lim bo`yicha o’quv dasturlarini kengaytirish,
professionalizmga yo`z to`tish, kuchli moddiy ba’zani barpo etish yo`lidir.
Xar xolda 1977-yilda AQSh da qabul qiligan «Mexnat faoliyatiga tayyorlash
akti» ning asosiy g`oyasi ham shunga qaratilgan. Umuman AQSh da bu
masalaga munosabat jiddiy. Kollejlarda katedjlar qurish, avtomobillarni
ta’mirlash, kompyo`terlarni yigish kabi amaliy faoliyat mavjudki, ular o’quv
muassasalariga ma’lum miqdorda daromad ham keltiradi. O`zbekiston
sharoitidagi kasb-xunar kollejlaridan yo`lga quyish foydadan xoli bo`lmaydi
degan fikrdamiz.
G`arbiy Yevropada ham bu soxada o`ziga xos yangi yo`nalishlar paydo
bo`ldi. Masalan, Fransiyada mexnat ta’limiga ajratilgan o’quv soatlari 1,5
barobar oshirildi. Buyo`q Britaniyada «Mexnat ta’limi va kasbga tayyorlash»
aktiga (1973-yil) muvofiq maktablar bir kancha soxalar bo`yicha majburiy
kasb-kor dasto`rini o`zlashtirmokdalar.
Mexnat ta’limida stajirovka asosiy o`rinni egallaydi. Stajirovka dasturi
va uni amalga oshiradigan korxonani tanlashda ota-onalar bilan kelishib
olinadi. Stajirovkani tashkil qilish va amalga oshirishga qaratilgan sarf-
xarajatlarning katta qismini sanoatchilar va finansistlar to`laydilar. Masalan,
Germaniyada mexnat ta’limi stajirovkasini amalga oshirishga 450 ming
kompaniya va korxonalar yordam beradilar. Ular ichida kichik ustaxonalardan
tortib «Mersades Bens» kabi ulkan korxonalar ham bor. Bu misollar va
Ilg`or tajribalar bizni ham kasbga yo`naltirish muammosi xususida
mushoxada yuritishga majbur qiladi. Zero, yoshlarni kasbga o`rgatish ham
yoshlarning o`zlari uchun ham jamiyat uchun o`ta ahamiyatli xisoblanadi.
Xomiylik va vasiylik ishlarini yo`lga quyish bizning mamlaktimizda ham
payti kelmadimikin. Yana shuni ham aloxida e’tirof etish joizki, rivojlangan
davlatlarda korxonalar nafaqat yoshlarga kasbiy kunikma beradi., xomiylik
qiladi, balki korxonaning shunday toifadagi ishchi xodimlari ham mavjudki,
ular umumta’lim maktablari o’quvchilari orasida kasbga yo`naltirish,
targshibot ishlarini olib borish bilan band bo`ladilar xolos. Bu ibratli
tajribani O`zbekiston sharoitida amalga oshirish faqat katta-katta foyda
keltiradi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |