bob 2 paragraf, 2-bob 2 paragrafdan hamda xulosa, foydalanilgan manba va
10
1-bob. AKADEMIK LITSEYDA “MUSТAQIL O‘ZBEKISТON VA
JAHON HAMJAMIYAТI” MAVZUSINI O‘QIТISHNING O‘ZIGA ХOS
JIHAТLARI
1.1. Akademik litseyda tarix fani bo‘yicha davlat ta’lim standarti,
o‘quv dasturi va unga qo‘yilgan talablarning mohiyati.
«Тa’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston
Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» 1998 yil 13 maydagi 204-son qarori
bajarilishini ta’minlash,
mazmunan yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini zamon talablari
asosidagi davlat ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etish maqsadida kasb-hunar
kollejining Davlat ta’lim standartlari 2000 yil 16 oktabrda Vazirlar Mahkamasining
400-sonli Qarori bilan tasdiqlandi.
Ushbu Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan
ishlab chiqilgan hamda 1998/1999 va 1999/2000 o‘quv yillarida tajriba-sinovdan
o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari
vazirligi, Badiiy akademiya hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan
birgalikda 1998/1999 va 1999/2000 o‘quv yillarida ta’lim muassasalarida tajriba-
sinovdan o‘tgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘quv dasturlari va rejalarini
belgilangan tartibda tasdiqlandi.
Yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asosan darsliklar va
o‘quv adabiyotlarini yaratsin, ular o‘z vaqtida nashr etilishini, barcha ta’lim
muassasalariga yetkazilishini va o‘quv jarayoniga joriy etilishini va 2000/2001
o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini ishlab
chiqishda quyidagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar asos qilib olindi:
11
- «Тa’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
- «Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi
uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida»
1998 yil 5 yanvardagi 5-son
qarori
;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston
Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» 1998 yil 13 maydagi 204-son qarori va boshqalar.
O‘zbekiston uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tizimi ta’lim jarayonini
belgilab berish, o‘qitishning asosiy mazmunini, ta’lim muassasalari bitiruvchilariga
qo‘yiladigan umumiy malaka talablarini, kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim
muassasalari faoliyatini baholash mezonlari va mexanizmlarini aniqlash orqali
kadrlar tayyorlash sohasida eng maqbul tartibga solish darajasiga va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limining kafolatlangan darajasi va sifatiga erishishga qaratilgan
me’yoriy hujjatlar majmui hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: