O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yuqori darajadagi ikkitomonlama
hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada qabul qilingan bitimlar, siyosiy, savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid hujjatlar turli
sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun
mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2019-yil yakunlari bo‘yicha
qariyb 541,9 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakatning neft va gaz
sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |