O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston
O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli
qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2019-yil
yakunlari bo‘yicha qariyb 3367,7 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada
rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud. Qozog‘iston
bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va
dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |