J. Pornografik narsalarni tayyorlash va tarqatish
(Jinoyat kodeksining 130-moddasi)
Тahlil etilayotgan modda Jinoyat kodeksiga xalqaro Jeneva konvensiyasining 1923-yil 12-oktabrdagi
«Pornografiya buyumlarining tarqatilishi va savdo-sotig‘iga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq
kiritilgan.
Ushbu jinoyatning obyekti jamiyatdagi odob-axloq, yoshlarning normal axloqiy rivojlanishi hisoblanadi.
Pornografik narsalar deganda, pornografik asarlarni, bosma buyumlarni, tasvirlarni, jinsiy aloqalarni qo‘pol,
natural holatda, uyatsizlarcha, sharmandali yoki buzuq holda aks ettiruvchi boshqa narsalarni tushunish zarur.
Тurli ko‘rinishdagi (bosma, mashinkalangan, qo‘lyozma holidagi) asarlar, fotosuratlar, slaydlar, kino
plyonkalari, videokassetalar va boshqa narsalar shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda, ishqiy
munosabatlarni namoyish etish, ularning tasviri, yalang‘och tananing ko‘rsatilishi, basharti ular qo‘pol,
bezbetlik, naturalistik xususiyatga ega bo‘lmasa, pornografiya, deb e’tirof etilishi mumkin emas.
Jinoyatning obyektiv tomoni pornografik narsalarni namoyish qilish yoki tarqatish maqsadida tayyorlash,
shuningdek, ularni yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar o‘rtasida namoyish qilish yoki tarqatish, shunday
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilishidan iboratdir. Mazkur modda bo‘yicha
nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlik aybdorga ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin vujudga
keladi.
Pornografik narsalarni tayyorlash deganda, ularning yaratilishi, videofilmga tushirish, fotosuratga olish
uchun turli holatlarda turish, asarlar yaratilishi va h.k.larni, shuningdek, ularning texnik jihatdan tayyorlanishi
(nusxalarning ko‘paytirilishi, chop etilishi, montaj qilinishi, lentaga yozilishi, suratga olinishi va h.k.larni)
tushunish zarur.
Тarqatish deganda, pornografik narsalarning hech bo‘lmaganda bir shaxsga yetkazib berilishi,
jo‘natilishini tushunish kerak.
Namoyish qilish deganda, pornografiya bilan hech bo‘lmaganda bir shaxsning har qanday usullar
(masalan, videofilm, kinofilm, fotosuratlar, slaydlarni ko‘rsatish, pornografik asarlarni o‘qish va boshqa
usullar) bilan tanishtirilishini tushunish lozim.
Pornografik narsalar namoyish qilish yoki tarqatish maqsadida tayyorlangan paytdan boshlab yoxud
pornografik narsalar yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar o‘rtasida namoyish qilingan yoki tarqalgan
paytdan boshlab jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi.
Agarda, pornografik narsalar yigirma bir yoshga to‘lgan shaxslar o‘rtasida namoyish etilgan yoki
tarqatilgan bo‘lsa, bunda jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. Aybdor pornografik narsalarni namoyish etish yoki
tarqatish maqsadini ko‘zlab tayyorlagan taqdirdagina jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos mavjud bo‘ladi.
Pornografik narsalar namoyish etish yoki tarqatish maqsadisiz saqlangan bo‘lsa, shaxs jazoga tortilmaydi.
Subyektiv tomonidan jinoyat qasddan sodir etiladi. Uning sodir etilish motivi har xil (tamagirlik,
bezorilik va h.k.) bo‘lishi mumkin, ammo ular jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Ushbu
jinoyatning subyekti o‘n olti yoshga to‘lgan, har qanday aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin.
K. Fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish
(Jinoyat kodeksining 131-moddasi)
Mazkur modda ikki qismdan iborat bo‘lib, jinoyatning obyekti jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq,
fuqarolarning sog‘lig‘i hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomondan fohishaxona tashkil etish yoki saqlash,
shuningdek, tamagirlik yoki boshqa past niyatlarda qo‘shmachilik qilishda ifodalanadi.
Fohishaxona deganda, mijozlarning jinsiy aloqa qilishi yoki jinsiy ehtiyojlarini g‘ayritabiiy usulda
qondirishi uchun foydalanadigan har qanday xonani tushunish zarur.
Fohishaxona deb, topishning muhim sharti – u yerga shaxslarning o‘z jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun
muntazam kelib turishi. Fohishaxona alohida xonadon, uy, dala hovli, saunadagi, yordamchi xonadagi
alohida bir joy va h.k.lar bo‘lishi mumkin.
Fohishaxona ochish va saqlash deganda, xona tanlanishi, uning jihozlanishi, faoliyat ko‘rsatishi uchun
shart-sharoitlar yaratilishi, uzoq vaqt xizmat qilishi uchun fohishaxonaning saqlanishi, mijozlar jalb qilinishi,
uning reklamasi va h.k.larni tushunish kerak. Fohishaxona egasi shahvoniy yoki boshqa maqsadlarda odam
yollagan hollarda, uning qilmishi Jinoyat kodeksining 131 va 135-moddalari bilan jinoyatlar jami bo‘yicha
kvalifikatsiya qilinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |